13-modda *
1.
XYT Ijroiya kengashi va XYT kotibiyati a’zolarining faoliyati, 6-moddada
zikr etilgan xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladigan har bir XYT kitobchasi
bilan qiymat orqali muqobil moliyalashtirish manbalari izlab topilgunga qadar
moliyalashtiriladi. Ushbu qiymat XYT Ma’muriy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.28, 2009 yil 1 yanvarda kuchga kirgan)
13-moddaning 1-bandiga tushuntirish xati*
8.13.1-1
Moliyalashtirish shartlari
Birlamchi ikki yillik davrning o‘tib borishi bo‘yicha Konvensiyaning
Ahdlashuvchi tomonlari XYT Ijroiya kengashi va XYT kotibiyati
faoliyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining
muntazam budjeti liniyasi
bo‘yicha moliyalashtiriladi deb ko‘zlaydi. Bu, agar moliyalashtirish
Birlashgan Millatlar tashkiloti yoki boshqa manbalar hisobidan
moliyalashtirilishi
ta’minlanmasa,
moliyalashtirishning
birlamchi
shartlarining qo‘llanilishini uzaytirish ehtimolini istisno qilmaydi.
*(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan)
8.13.1-2 XYT Ijroiya kengashi a’zolarining faoliyati
XYT Ijroiya kengashi a’zolarining
faoliyati ularning muvofiq
mamlakatlarining hukumatlari tomonidan moliyalashtiriladi.
8.13.1-3 Qiymati
1-bandda zikr etilgan qiymat, a) XYT Ma’muriy qo‘mitasi
tomonidan
tasdiqlanadigan XYT Ijroiya kengashi va XYT kotibiyatining budjeti va
xarajatlar smetasiga, va b) taqdim etiladigan
XYT kitobchalarining soni
haqida xalqaro tashkilotning prognoziga asoslanadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.28, 2009 yil 1 yanvarda kuchga kirgan)
Do'stlaringiz bilan baham: