Vakolatli organlar ushbu ro‘yxatning nusxasini XYT Ijroiya kengashiga yuboradi.
5-bandga tushuntirish xati
9.II.5 tushuntirish xati 5-bandga mutatis mutandis qo‘llaniladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.32, 2015 yil 1 yanvarda kuchga kirgan)
6. XYT tartibiga kirishga ruxsatnoma o‘z-o‘zi bilan birlashmadan XYT kitobchalarini
olishga huquqni anglatmaydi.
7. Yuqorida ta’riflangan minimal shartlar va talablar bilan muvofiqlikda XYT
kitobchasini qo‘llash u yoki boshqa shaxs uchun ruxsatnoma Konvensiya bo‘yicha ushbu
shaxsning mas`uliyatiga va majburiyatlariga ta’sir o‘tkazmaydi.
II-qismga (Tartib) sharhlar
Vakolatli organlar o‘rtasidagi hamkorlik
Konvensiyaga 9-ilovaning II-qismiga muvofiq shaxsga XYT kitobchalaridan foydalanishga
ruxsat berishga nisbatan mazkur shaxs doimiy turish joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan
Ahdlashuvchi tomonning vakolatli organlari ushbu shaxs jiddiy yoki ko‘p marotaba bojxona
qonunchiliklarini buzganiga nisbatan 38 moddaning 2-bandiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi
tomon bergan har qanday axborotni inobatga olishlari kerak. Shunday qilib, mazkur shaxs
doimiy turish joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan Ahdlashuvchi tomon tarafidan ishni
samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun, bunday xabarnomada iloji boricha ko‘proq
batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
(TRANS/WP.30/196, 76-band; TRANS/WP.30/200, 68-band)
XYT rejimidan milliy tashuvchini olib tashlash
Milliy tashuvchi doimiy turish joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan mamlakat hududida sodir
etgan bojxona qoidalarini jiddiy buzishda aybdor bo‘lganligi sababli XYT rejimidan chiqarib
tashlash uchun bojxona organlariga shuningdek, nafaqat 38 moddadagi 1-bandning
qoidalaridan, balki 6-moddadagi 4-bandning va 9-ilovadagi II-qismning 1-bandidagi
qoidalardan ham foydalanish tavsiya etiladi.
(TRANS/WP.30/196, 77-band; TRANS/WP.30/200, 68-band)
Do'stlaringiz bilan baham: |