Tir convention Uzbekistan


-modda  XYT tashishlar jo‘natish joyi va belgilangan joyning bir nechta bojxonalari


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

18-modda 
XYT tashishlar jo‘natish joyi va belgilangan joyning bir nechta bojxonalari 
orqali amalga oshirilishi mumkin, biroq, jo‘natish joyi va belgilangan joy 
bojxonalarining umumiy soni to‘rttadan oshmasligi kerak. XYT kitobchasi 
belgilangan joyning bojxonalariga faqat u qabul qilinganligi to‘g‘risidagi belgini 
jo‘natish joyning barcha bojxonalari qo‘ygandagina taqdim etilishi mumkin.
(ECE 
/TRANS/17/Amend.10, 
1989 
yil 
23 
mayda 
kuchga 
kirgan; 
ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
18-moddaga tushuntirish xatlari 
0.18-1 
XYT tizimining tegishli ravishda ishlashini ta’minlash maqsadida, 
shuningdek mazkur Konvensiyaning Ahdlashuvchi tomoni bo‘lgan 
qo‘shni mamlakatning hududi bo‘ylab davom etadigan tashishda
hududdan chiqib ketishdagi bojxona belgilangan joyning
bojxonasi 
sifatida 
ko‘rsatilishi 
haqidagi 
iltimoslarni 
bojxona 
organlari 
qondirmasliklari zarur, bunday iltimos maxsus vaziyatlar bilan 
oqlanadigan holatlar bundan mustasno. 
0.18-2 
1. Yuklar, birinchi punktda tushirilishi kerak bo‘lgan yuklarning partiyasi 
transport vositasi yoki konteynerdan boshqa punktlarda tushirilishi kerak 
bo‘lgan yuklarni tushirish zaruratiga olib kelmaydigan qilib ortilishi kerak

2. Bir nechta bojxonalarda tushirish sharti bilan tashilganda, har bir 
qisman tushirishdan keyin XYT kitobchasining qolgan manifestlarining 
12-rubrikasida bu haqda belgi qilish lozim, hamda barcha yirtma 
varaqalarda va tegishli koreshoklarda yangi muhrlar va plombalar 
qo‘yilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yish lozim. 


18-moddaga sharhlar 
Jo‘natish joyi va/yoki belgilangan joyning bir nechta bojxonalari 
Jo‘natish joyi va/yoki belgilangan joy bojxonalarining soni to‘rttadan 
oshmasligi shartida, bitta yoki bir nechta mamlakatlarda XYT tashishlar 
jo‘natish joyi va/yoki belgilangan joyning bir nechta bojxonalari orqali 
amalga 
oshirilishi 
mumkin. 
XYT 
kitobchalaridan 
foydalanish 
Qoidalarining 6 qoidasiga muvofiq (Konvensiyaga 1-ilova, XYT 
kitobchasining namunasi: 1 variant va 2 variant, muqovaning 3 sahifasi) 
jo‘natish joyi va belgilangan joyning har bir qo‘shimcha bojxonasi uchun 
ikkita qo‘shimcha varaqa talab etiladi. Jo‘natish joyi/belgilangan 
joyning bir nechta bojxonalari bo‘lgan holatda XYT kitobchasining 
varaqalari shunday to‘ldirilishi kerakki, keyinchalik turli bojxonalarda 
ortilgan/tushirilgan yuklarni yuk manifestiga qo‘shimcha tarzda kiritish/ 
yuk manifestdan o‘chirish mumkin bo‘lsin (9, 10 va 11 ustunlar) va 
jo‘natish joy/belgilangan joyning bojxonasi 16 ustunga keyinchalik 
ortilgan/tushirilgan yuklarni tasdiqlanishi to‘g‘risida belgilarni kiritishi 
mumkin bo‘lsin.
(TRANS/GE.30/55, 
22 
band; 
TRANS/WP.30/141, 
39-41bandlar; 
TRANS/WP.30/AC.2/31, 
3-ilova; 
TRANS/WP.30/192, 
26-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova) 
Alohida holatlarda ortish va tushirish punktlarining umumiy sonini 
to‘rttadan oshirish imkoniyatlari  
XYT kitobchasidan foydalanish qoidalarining (1-ilova) 18-moddasi va 5-
bandiga muvofiq, bitta XYT tashish chog‘ida ortish va tushirish 
punktlarining soni to‘rttadan oshmasligi kerak. Ortish va tushirish 
punktlarining umumiy sonini oshirish uchun bitta transport operatsiyasi 
chog‘ida yo‘l transport vositasi yoki transport vositalarining tarkibi 
ketma-ket yoki birdaniga bir nechta XYT tashishlarni amalga oshirishi 
mumkin, shu o‘rinda, har biri uchun alohida XYT kitobchalarini qo‘llashi 
mumkin. Shu maqsadda quyidagi variantlar qo‘llanilishi mumkin: 
i) "Bitta XYT tashish chun ikkita XYT kitobchasidan foydalanish" 28-
moddasiga bo‘lgan sharhlarga muvofiq, bitta transport operatsiyasi 
uchun ketma-ket ikkita XYT kitobchasidan foydalanish. Birinchi 
XYT kitobchasi jo‘natish joyi va belgilangan joyning to‘rttagacha 
bojxonasini o‘z ichiga olishi mumkin. U tugatilib, to‘xtatilgach, 
to‘rtinchi bojxonada transport operatsiyasining qolgan qismi uchun 
yangi XYT kitobchasi ochilishi va ishlatilishi mumkin. Ushbu faktni 
aks ettirish uchun ikkala XYT kitobchasiga ham tegishli yozuv 
tushiriladi. Shunday qilib, belgilangan joyning birinchi XYT 
kitobchasi bilan qamrab olinadigan oxirgi bojxonasi belgilangan 
joyning uchtagacha bojxonasini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan 
ikkinchi XYT kitobchasi uchun jo‘natish joyining bojxonasi bo‘lib 
qoladi. Ikkinchi XYT kitobchasida nazarda tutilgan belgilangan 
joyning bojxonasiga ketayotgan barcha yuklarni birinchi XYT 
kitobchasida 
belgilangan 
joyning 
oxirgi 
bojxonasi 
uchun 
mo‘ljallangan deb ko‘rsatish lozim. Bunday tartib jo‘natish joyi va 
belgilangan joyning yettitagacha bojxonasini qamrab olishi mumkin. 


Konvensiyaning 2-moddasida bayon etilgan shartlarni bajarish 
uchun XYT tashishlar hech bo‘lmaganda bitta chegarani kesib 
amalga oshirilishi o‘ta muhim. Ikkita XYT kitobchasi ketma-ket 
ishlatilishi tufayli, har bir muayyan paytda faqat bitta XYT kafolati 
amal qiladi; 
ii) Bir nechta yo‘l transport vositalari (masalan, transport vositalari 
tarkibi) yoki bir nechta konteynerlardan bir vaqtda foydalanish. XYT 
Konvensiyasining 17-moddasidagi 1-bandiga muvofiq,har bir yo‘l 
transport vositasiga yoki konteynerga alohida XYT kitobchasi 
berilishi mumkin. Har bir XYT kitobchasi to‘rttagacha yuklash va 
tushirish punktini qamrab olishi mumkin. Jo‘natish joyining 
bojxonasida rasmiylashtirishga qabul qilingan har bir XYT 
kitobchasining barcha yirtma varaqalarida "Rasmiy foydalanish 
uchun" ustunida ushbu XYT kitobchalarining barcha raqamlarini 
ko‘rsatish lozim. 
U yoki bu muqobil variantdan foydalanishdan qat’i nazar, turli 
tushirish 
punktlarida 
tushirilishga 
mo‘ljallangan 
yuklarning 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling