kerak va ularga shu ilovaning II-qismida o‘rnatilgan tartibda tashishga ruxsat
berilishi kerak.
2. Konteynerlarga taalluqli bo‘lgan 1956 yildagi Bojxona konvensiyasiga, undan
kelib chiqadigan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti maqomi ostida tuzilgan
konteynerlarga taalluqli bo‘lgan 1972 yildagi Bojxona konvensiyasiga yoki ushbu
oxirgi Konvensiyani o‘rnini bosishi yoki o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan har qanday
xalqaro hujjatlarga muvofiq bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni
tashishga ruxsat berilgan konteynerlar yuqorida keltirilgan 1-bandning qoidalariga
muvofiq deb ko‘riladi va yangi ruxsat berilmasdan, XYT tartibiga rioya qilgan
holda tashishga qabul qilinishi kerak.
14-modda
1. Har bir Ahdlashuvchi tomon yuqoridagi 12 va 13-bandlarda bayon etilgan
shartlarga javob bermaydigan yo‘l transport vositalari yoki konteynerlarga berilgan
ruxsatning haqiqiyligini tan olmaslik huquqini o‘zida qoldiradi. Shunga
qaramasdan, aniqlangan nosozliklar ahamiyatsiz bo‘lib, kontrabanda uchun
imkoniyat yaratmaganda, Ahdlashuvchi tomonlar transport vositalari yoki
konteynerlarni ushlab turmasliklari kerak.
2. Bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni tashish uchun, yangidan
foydalanishdan oldin ruxsat berilishiga asos bo‘lgan shartlarni endi qondirmaydigan
har qanday yo‘l transport vositasi yoki konteyner dastlabki holatiga keltirilishi
kerak, yoki qaytadan ruxsat berish tartibidan o‘tishi kerak.
b) XYT KITOBCHASIDAN FOYDALANGAN HOLDA TASHISH TARTIBI
15-modda
1. XYT tartibiga rioya qilgan holda yuklarni tashish uchun foydalanadigan yo‘l
transport vositasini, transport vositasi tarkibini yoki konteynerni vaqtinchalik olib
Do'stlaringiz bilan baham: |