III bob
XYT KITOBCHASIDAN FOYDALANGAN HOLDA
YUKLARNI TASHISH
a) Transport vositalari va konteynerlarga ruxsat berish
12-modda
Mazkur bobning a) va b) bo‘limlarini ta’siri ostiga tushish uchun, har bir
transport vositasi o‘zining konstruksiyasi va o‘zining uskunasiga nisbatan mazkur
Konvensiyaning 2-ilovasida keltirilgan shartlarga javob berishi kerak va mazkur
Konvensiyaning 3-ilovasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq ularga tashishga
ruxsat berilishi kerak. Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma 4-ilovada keltirilgan
namunaga mos kelishi kerak.
12-moddaga sharhlar
Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma
4-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq ruxsat berish to‘g‘risidagi
guvohnoma ikkiga buklangan A3 formatida bo‘lishi kerak.
(TRANS/GE.30/10, 33-band; TRANS/WP.30/157, 27-30-bandlar;
TRANS/WP.30/AC.2/35, 6-ilova)
Ruxsat berish guvohnomasini va ruxsat berish taxtachasini mavjudligi
Konvensiyaning 4-ilovasida nazarda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risidagi
guvohnoma faqat ta’rifi Konvensiyaning 2-ilovasidagi 1-moddada
keltirilgan yuk bo‘linmasi bo‘lgan transport vositasida bo‘lishi zarur.
Ta’rifi 6-ilovadagi 0.1 j) tushuntirish xatida keltirilgan yechiladigan
kuzov, yoki ruxsat etilgan yechiladigan kuzovda yoki konteynerda
konteyner tashilgan holatda, Konvensiyaning 7-ilovasidagi II-qismda
nazarda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risidagi taxtacha biriktirilgan bo‘lishi
kerak.
(TRANS/WP.30/168, 38-band; TRANS/WP.30/AC.2/39, 17-band)
13-modda
1. Mazkur bobning a) va b) bo‘limlarini ta’siri ostiga tushishi uchun konteynerlar 7-
ilovaning I-qismida belgilangan shartlarga muvofiq konstruksiyalangan bo‘lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |