Tir convention Uzbekistan
-modda 1. XYT operatsiyasi yakunlangan holatda vakolatli organlar
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
- Bu sahifa navigatsiya:
- (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
11-modda
1. XYT operatsiyasi yakunlangan holatda vakolatli organlar: a) XYT kitobchasida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha XYT kitobchasi saqlovchisini yakunlanish to‘g‘risida xabardor qiladi; b) kafolat birlashmasini yakunlanish to‘g‘risida xabardor qiladi. Vakolatli organlar kafolat birlashmasini ushbu organlar tomonidan rasmiylashtirish uchun XYT kitobchasi qabul qilingan sanadan boshlab maksimum bir yil mobaynida yoki, agar XYT operatsiyasini to‘xtatish to‘g‘risidagi guvohnoma qalbakilashtirilgan bo‘lsa yoxud noqonuniy yoki aldanma tarzda olingan bo‘lsa, ikki yil mobaynida xabardor qiladi. (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 11-moddaning 1-bandiga tushuntirish xati 0.11-1 Yozma ravishda xabardor qilish usuli milliy qonunchilik asosida belgilanadi. (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 11-moddaning 1-bandiga sharh Bojlar va soliqlarni to‘lash Olib tashlangan. (ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2010/3/Rev.1,Annex 2;ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105, 31-band) Xabardor qilish muddati Kafolat birlashmasini XYT operatsiyasi yakunlanmaganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun belgilangan muddatning boshlanish hisobi deb uni bojxona organlari jo‘natgan sana emas, kafolat birlashmasi yozma xabarnomani olgan sana hisoblanadi. Xabarnoma haqiqatan jo‘natilganligi va olinganligini tasdiqlash bojxona organlarining vazifasiga kiradi (tasdiqlash usullaridan biri- korrespondensiyani qayd qilish). Agar xabardor qilish sanasining muddati tugagan bo‘lsa, unda milliy kafolat birlashmasi yuklar uchun javobgar hisoblanmaydi. (TRANS/GE.30/AC.2/12, 28-band; TRANS/GE.30/35, 47 va 48-bandlar; TRANS/GE.30/GRCC/11, 14 va 15-bandlar) Kafolat birlashmasining (kafolat birlashmalarining) xabarnomasi XYT operatsiyasi yakunlanmaganda bojxona organlari o‘zlarining tegishli milliy kafolat birlashmasini (o‘zlarining tegishli milliy kafolat birlashmalarini) 11-moddaning 1 bandida ko‘rsatilgan holatlar haqida darhol xabardor qilishlari kerak. (TRANS/WP.30/192, 26 band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46 band va 5- ilova) XYT kitobchasi saqlovchisini xabardor qilish XYT kitobchasi saqlovchisini xabardor qilishga nisbatan 0.11-1 va 0.11-2 tushuntirish xatlarida ko‘rsatilgan talab buyurtma xatini yuborish yo‘li bilan bajarilishi mumkin. (TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5- ilova) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling