9-modda
1. Kafolat birlashmasi, XYT kitobchasining yakunlanish sanasini belgilab, uning
amal qilish muddatini o‘rnatadi, shundan keyin XYT kitobchasini bojxonada
rasmiylashtirish uchun jo‘natish joyiga taqdim etib bo‘lmaydi.
2. Agar XYT kitobchasi jo‘natish joyining bojxonasi tomonidan rasmiylashtirish
uchun uning amal qilish muddatining oxirgi kunida yoki mazkur moddaning 1
bandida nazarda tutilganidek, shu sanagacha qabul qilingan bo‘lsa, kitobcha
belgilangan joyning bojxonasida XYT operatsiyasi yakunlangunga qadar amal
qiladi.
10-modda
1.
XYT operatsiyasini yakunlash kechikishlarsiz amalga oshirilishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
2. Agar u yoki bu Ahdlashuvchi tomonning bojxona organlari XYT operatsiyasini
yakunlagan bo‘lsa, ular kafolat birlashmasidan 8-moddaning 1 va 2-bandlarida
ko‘rsatilgan summalarni talab qilishga haqli emas, XYT operatsiyasini to‘xtatish
to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy yoki aldanma tarzda olingan yoki XYT
operatsiyasi bekor qilinmagan hollar bundan mustasno.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan;
ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
10-moddaga tushuntirish xati
0.10-1
Agar XYT operatsiyasida ataylab o‘zgartirilgan yuk bo‘linmalari va
konteynerlar ishlatilgan bo‘lsa, yoki, agar soxta yoki noaniq hujjatlardan
foydalanish,
yuklarni almashtirish, bojxona muhrlari va plombalarini
almashtirish va boshqalar kabi qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, yoki
guvohnoma boshqa noqonuniy yo‘llar bilan olingan bo‘lsa XYT
operatsiyasini to‘xtatish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy yoki aldanma
tarzda olingan deb hisoblanadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
0.10-2
"Yoki XYT operatsiyasi to‘xtatilmagan" iborasi to‘xtatish to‘g‘risidagi
guvohnoma
qalbakilashtirilgan
holatlarni
qamrab
oladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
Do'stlaringiz bilan baham: