Tir convention Uzbekistan


etilgan minimal shartlarni va talablarni qoniqtiradigan shaxslarga taqdim etiladi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

etilgan minimal shartlarni va talablarni qoniqtiradigan shaxslarga taqdim etiladi.
Agar ushbu mezonlarga rioya qilish ta’minlanmasa, 38-moddaga ziyon 
yetkazmasdan ruxsatnoma olib qo‘yiladi. 
(ECE /TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan) 
5. XYT tartibiga kirishga ruxsat mazkur Konvensiyaga 9-ilovaning II-qismida bayon 
etilgan tartibga muvofiq taqdim etiladi. (ECE /TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 
fevralda kuchga kirgan) 
7-modda 
Kafolat birlashmalariga ularning korrespondentlari bo‘lgan xorijiy kafolat 
birlashmalari yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan yo‘naltiriladigan XYT 
kitobchalarining blankalari olib kirish va olib chiqish bojlari va yig‘imlaridan ozod 
etiladi, va olib kirishda va olib chiqishda qandaydir taqiqlar yoki cheklovlarga 
uchramaydi.  
8-modda 
1
. Kafolat birlashmasi- maksimal kafolatlangan summagacha- olib kirish va olib 
chiqish bojlari va yig‘imlarini, hamda XYT operatsiyasi tufayli kafolat 
birlashmasiga nisbatan shikoyatni keltirib chiqaradigan qoidabuzarlik aniqlangan 
Ahdlashuvchi tomonning bojxona qonunchiligiga binoan kechikish uchun


undiriladigan har qanday foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Kafolat birlashmasi yuqorida eslatib o‘tilgan summalarni birdamlik javobgarlik 
sifatida undirilishi kerak bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda to‘lash majburiyatini 
oladi. 
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 
8-moddaning 1-bandiga sharhlar 
Ma'muriy jarimalar 
8-moddaning 1-bandida keltirilgan kafolat birlashmalarining majburiyatlari o‘z 
ichiga ma’muriy jarimalarni yoki ma’lum summani to‘lashni nazarda tutadigan boshqa 
jarima 
sanksiyalarini 
kiritmaydi. 
(TRANS/WP.30/137, 
68-70 
bandlar; 
TRANS/WP.30/AC.2/29, 3-ilova) 
Qo'shimcha summalarni undirish 
8-moddaning 1 va 2-bandlari bojxona organlari, zarurat bo‘lganida, kitobcha 
egalaridan qo‘shimcha summalarni, masalan, yetkazilgan zarar yoki boshqa jarimalarni 
undirishi mumkinligini belgilab beradi 
kitobchalar saqlovchilaridan yetkazilgan zarar 
yoki boshqa jarimalar uchun. (TRANS/WP.30/135, 52-55-bandlar; TRANS/WP.30/137, 69 
band) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling