Tir convention Uzbekistan


II bob  XYT KITOBLARINI BERISH


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

II bob 
XYT KITOBLARINI BERISH 
KAFOLAT BIRLASHMALARINING JAVOBGARLIGI 
6-modda 
1. 
Har bir Ahdlashuvchi tomon birlashmalarga XYT kitobchalarini berishni 
bevosita yoki ularning korrespondentlari bo‘lgan birlashmalar vositachiligi orqali 
ruxsat berishi mumkin va 9-ilovaning I-qismida bayon etilgan minimal shartlar va 
talablarga rioya qilgan holda kafil sifatida harakat qilishi mumkin. 9-ilovaning I-
qismidagi minimal shartlar va talablarga endi rioya qilinmayotgan bo‘lsa, ushbu 
ruxsatnoma olib qo‘yiladi.
(ECE /TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan) 
2. Mazkur mamlakatda birlashma faqatgina tarkibiga mazkur birlashma ham 
kiradigan xalqaro tashkilotga kiruvchi xorijiy birlashmalar tomonidan berilgan 
XYT kitobchasidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan operatsiyalar tufayli 
ushbu mamlakatda o‘z zimmasiga olgan javobgarlikni u tomondan taqdim etilgan 
kafolat qoplashi shartida tan olinishi mumkin. 
6-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati 
0.6.2 
Mazkur bandning qoidalariga muvofiq mamlakatning bojxona organlari bir nechta 
birlashmalarni tan olishi mumkin, shu o‘rinda ularning o‘zlari yoki ular 
korrespondent bo‘lgan birlashmalar bergan kitobchalarni rasmiylashtirish uchun 
ularning har biri javobgar hisoblanadi.
2-bis. Ma’muriy qo‘mita xalqaro tashkilotga xalqaro kafolatlar tizimini samarali 
tashkil etish va ishlashi uchun javob berish vakolatini beradi. Bunday ruxsatnoma 
faqat tashkilot 9-ilovaning III-qismida bayon etilgan shartlarga va qoidalarga rioya 
qilgan holdagina taqdim etiladi. Agar shartlarga va talablarga rioya qilinmayotgan 
bo‘lsa, Ma’muriy qo‘mita ushbu ruxsatnomani olib qo‘yish mumkin.



Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling