Tir convention Uzbekistan
U yoki bu Ahdlashuvchi tomonning qonunlari va qoidalari bilan yuqorida 1
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Har bir Ahdlashuvchi tomon yuqorida keltirilgan 1 va 2-bandlarning qoidalariga asosan bitta XYT kitobchasi bo‘yicha to‘lanishini kafolat birlashmasidan talab qilish
2. U yoki bu Ahdlashuvchi tomonning qonunlari va qoidalari bilan yuqorida 1
bandda nazarda tutilganidek olib kirish yoki olib chiqish bojlari va yig‘imlarini to‘lash nazarda tutilmaydigan holatlarda, kafolat birlashmasi xuddi shu shartlarda olib kirish yoki olib chiqish bojlari yoki yig‘imlarining summasiga teng bo‘lgan summani va kechikish uchun har qanday foizlarni to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 8-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati 0.8.2 Mazkur bandning qoidalari faqat u yoki bu Ahdlashuvchi tomonning qonunlari yoki qoidalari 8-moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar holatida olib kirish yoki olib chiqish bojlari yoki yig‘imlarining o‘rniga ma’muriy sanksiyalarni yoki boshqacha moliyaviy choralarni nazarda tutganda qo‘llaniladi. Shunga qaramay, to‘lanishi kerak bo‘lgan summa, tegishli bojxona qoidalariga muvofiq yuklar import va eksport qilinganida, to‘lanishi kerak bo‘lgan olib kirish yoki olib chiqish bojlari va yig‘imlarining summasidan, plyus kechikish uchun har qanday foizdan oshmasligi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 3. Har bir Ahdlashuvchi tomon yuqorida keltirilgan 1 va 2-bandlarning qoidalariga asosan bitta XYT kitobchasi bo‘yicha to‘lanishini kafolat birlashmasidan talab qilish mumkin bo‘lgan summalarning maksimal miqdorini belgilashi kerak. 8-moddaning 3-bandiga tushuntirish xati 0.8.3 Ahdlashuvchi tomonlarga kafolat birlashmasidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan maksimal summani bitta XYT kitobchasiga 100 000 yevro miqdoriga teng bo‘lgan qiymatga cheklab qo‘yish tavsiya etiladi. Quyida sanab o‘tilgan va miqdori quyida ko‘rsatilgan cheklangan me’yorlardan oshib ketadigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tashish holatida, bojxona organlariga kafolat birlashmasidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan maksimal summani 200 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan qiymatgacha oshirish tavsiya etiladi: 1) Hajmi bo‘yicha kamida 80% toza spirtga ega bo‘lgan nodenaturatsiyalangan etil spirti (CC kodi: 22.07.10). 2) Hajmi bo‘yicha kamida 80% toza spirtga ega bo‘lgan nodenaturatsiyalangan etil spirti; spirtlar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar; ichimliklarni tayyorlashda ishlatiladigan spirt asosidagi birikmalar (CC kodi: 22.08). 3) Sigaralar, manila sigaralari va tarkibida tamaki bo‘lgan "sigarilyo" turidagi sigaralar (CC kodi: 24.02.10). 4) Tarkibida tamaki bo‘lgan sigaretalar (CC kodi: 24.02.20). 5) Har qanday proporsiyada tamaki bo‘lgan yoki bo‘lmagan chekiladigan tamaki (CC kodi: 24.03.11 va 24.03.19). Agar yuqorida eslatib o‘tilgan toifadagi tamaki mahsulotlarining va spirtli ichimliklarning soni quyidagi me’yordan oshmasa, kafolat birlashmasidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan maksimal summani 100 000 yevroga teng bo‘lgan qiymatda cheklash tavsiya etiladi: 1) 300 litr 2) 500 litr 3) 40 000 dona 4) 70 000 dona 5) 100 kilogramm. Yuqorida keltirilgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning aniq miqdorlari (litrlar, donalar, kilogrammlar) XYT kitobchasining yuk manifestida ko‘rsatilishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.17; 1994 yil 1 oktabrda kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.18; 1995 yil 1 avgustda kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan. ECE/TRANS/17/Amend.32, 2015 yil 1 yanvarda kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.34, 2018 yil 1 iyulda kuchga kirgan) 0.8.3 tushuntirish xatiga sharh Ularga nisbatan to‘lamaslik xavfi bo‘lgan bojlar va soliqlar Bojlar va soliqlar yuklar oddiy XYT kitobchasidan foydalanib tashilganda 50 000 AQSH dollaridan va yuklar "Tamaki mahsulotlari/Alkogolli ichimliklar" kitobchasidan foydalanib tashilganda 200 000 AQSH dollaridan yoki bojxona organlari tomonidan o‘rnatilgan boshqa summasidan oshgan holatda ham, Konvensiyaning 4-moddasiga binoan, yuklar XYT tartibidan foydalanib tashilganda, olib kirish va olib chiqish bojlari va soliqlarini to‘lash yoki depozitga joylashtirish talab etilmaydi. (TRANS/GE. 30/59, 34 va 35-bandlar; TRANS/WP 30/137, 75-76 bandlar; TRANS/WP.30/159, 25-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2010/3/Rev.1, 2- ilova; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105, 31-band) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling