Tir convention Uzbekistan
-modda Mazkur Konvensiyaning qoidalari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
3-modda
Mazkur Konvensiyaning qoidalari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi: a) tashishlar amalga oshiriladi i) III a)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda tashishga oldindan ruxsat etilgan yo‘l transport vositalarida, transport vositalari tarkiblarida yoki konteynerlarda, yoki ii) III s)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda boshqa yo‘l transport vositalarida, transport vositalari tarkiblarida yoki konteynerlarda, yoki iii) eksport qilinadigan va shu tarzda III s)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilib o‘zlari jo‘natish joyidan belgilangan joy bojxonasigacha o‘zi yurib boradigan yuk hisoblangan, avtobuslar, kranlar, terim mashinalari, beton yotqizuvchilar va h.k. kabi yo‘l transport vositalarida yoki maxsus maqsadli transport vositalarida. Bunday transport vositalari boshqa yuklarni tashigan holatlarda tegishli ravishda, yuqoridagi i) yoki ii) kichik bandlarda bayon etilgan shartlar qo‘llaniladi. 3 a)- moddaga tushuntirish xati 0.3 a) iii) 3 a) iii)- moddaning Qoidalari o‘z yo‘nalishida ketayotgan yengil avtomobillarni (GS 8703 kodi) qamrab olmaydi. Biroq , XYT tartibini qo‘llab yengil avtomobillarni tashishga faqatgina ular 3 moddaning a) i) va a) ii) kichik bandlarida eslatib o‘tilgan boshqa transport vositalarida tashilganida ruxsat beriladi. (ECE/TRANS/17/Amend. 28bis, 2009 yil 1 oktabrda kuchga kirgan) b) tashishlar 6-moddaning qoidalariga muvofiq e’tirof etilgan birlashmalar bilan kafolatlanadi va ular mazkur Konvensiyaning 1 ilovasida keltirilgan namunaga muvofiq bo‘lgan XYT kitobchasini qo‘llab amalga oshirilishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.22, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 3-moddaga sharhlar Og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar sifatida ko‘riladigan yo‘l transport vositalari Agar o‘zi og‘ir vaznli yoki katta hajmli hisoblangan yo‘l transport vositalarida yoki maxsus maqsadli transport vositalarida boshqa og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar tashilsa va, natijada, ham transport vositalari, ham yuklar bir vaqtning o‘zida Konvensiyaning III s) bobida ko‘rsatilgan shartlarga javob bersa, unda muqovasida va barcha yirtma varaqalarida Konvensiyaning 32-moddasida nazarda tutilgan yozuvlar tushirilgan faqatgina bitta XYT kitobchasi talab etiladi. Agar bunday transport vositalarida oddiy yuklar yuk bo‘linmasida yoki konteynerlarda tashilsa, unda transport vositasi yoki konteynerlarga III a)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda oldindan ruxsat berilishi kerak, va yuk bo‘linmasi yoki konteynerlar muhrlanib, plombalanishi kerak. Konvensiyaning 3-moddasi a) bandi iii) kichik bandining qoidalari yo‘l transport vositalari yoki maxsus maqsadli transport vositalari jo‘natish joyi bojxonasi joylashgan mamlakatdan olib chiqilgan va belgilangan joyning bojxonasi joylashgan mamlakatga olib kirilgan holatda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, Konvensiyaning yo‘l transport vositasini vaqtinchalik olib kirishga taalluqli bo‘lgan 15-moddasining qoidalari qo‘llanilmaydi. Shuning uchun bunday transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishga bojxona hujjatlari talab etilmaydi. (TRANS/WP.30/AC.2/65, 39 va 40-bandlar va 2-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/59, 61 va 62-bandlar va 6-ilova; TRANS/WP.30/200, 72 band) XYT tartibi va pochta jo‘natmalari Bojxona tartiblarini soddalashtirish va kelishish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyaga (qayta ko‘rib chiqilgan Kioto konvensiyasi) bo‘lgan maxsus J-ilovaning 2-bobiga muvofiq tranzit pochta jo‘natmalariga bojxona rasmiylashtiruvlari qo‘llanilmaydi. Shuning uchun, Jahon pochta ittifoqining amaldagi hujjatlariga muvofiq xatlar va banderollar nazarda tutiladigan pochta jo‘natmalariga, ular pochta xizmatlari orqali yoki pochta ehtiyojlari uchun tashiladiganda XYT tartibi qo‘llanilmaydi. (TIRExB/REP/2007/34, 17-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/95, 28-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/95/ Corr.2) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling