Tir convention Uzbekistan
i) o‘zi bilan to‘liq yoki qisman yopilgan idishni ifoda etuvchi, unga yuklarni
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
i) o‘zi bilan to‘liq yoki qisman yopilgan idishni ifoda etuvchi, unga yuklarni
joylashtirish uchun mo‘ljallangan; ii) doimiy xarakterga ega bo‘lgan va shu sababli ko‘p marotaba ishlatilishi uchun yetarlicha mustahkam bo‘lgan; iii) bitta yoki bir nechta turdagi transport bilan yuklarni orada qayta yuklamasdan tashishni yengillashtirish uchun maxsus konstruksiyalangan; iv) uni, xususan, bitta turdagi transportdan boshqasiga qayta yuklash oson bo‘ladigan tarzda konstruksiyalangan; v) unga yuklash va undan tushirish oson bo‘ladigan tarzda konstruksiyalangan; vi) ichki hajmi bir kub metrdan kam bo‘lmagan. "Yechiladigan kuzovlari" konteynerlar sifatida ko‘riladi. 1 j) moddasiga tushuntirish xati 0.1 j) "Yechiladigan kuzov" deb harakatlanish vositalariga ega bo‘lmagan va, xususan, yo‘l transport vositasida tashish uchun mo‘ljallangan, shassisi kuzov asosi bilan ushbu maqsadga maxsus mo‘ljallangan yuk bo‘limi hisoblanadi. Ushbu atama shuningdek, o‘zi bilan majmualangan avtomobil-temir yo‘l tashishlari uchun maxsus mo‘ljallangan yuk bo‘linmalarini ifoda etuvchi yechiladigan kuzovlarni ham o‘z ichiga oladi. (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 1 j) i) moddasiga tushuntirish xati 1 j) i) 1 moddaning 1 j) i) kichik bandida eslatib o‘tilgan uskunaga qo‘llaniladigan "qisman yopiq" atamasi odatda pol va yuqori konstruksiyadan iborat bo‘lgan, yopiq konteynerning ortish maydoniga teng bo‘lgan ortish maydonini tashkil qiladigan uskunaga taalluqli. Yuqori konstruksiya odatda konteynerning karkasini hosil qiluvchi metall elementlardan iborat. Shunday turdagi konteynerlar shuningdek, bitta yoki bir nechta yon yoki chetki devorlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ayrim hollarda faqat polga ustunlar bilan biriktirilgan tom bo‘ladi. Konteynerning ushbu turi, xususan, katta hajmli yuklarni tashishda ishlatiladi (masalan, yengil avtomobillarni). (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling