21-modda
Bojxona organlari tomonidan 5-moddaning 2-bandida mavjud bo‘lgan qoidaga
muvofiq yuklarni tekshirish holatlaridan tashqari, har bir Ahdlashuvchi tomon
oraliq bojxonalarining xodimlari, odatda, shikastlanmagan bo‘lishi shartida, boshqa
Ahdlashuvchi tomonning bojxona organlari tomonidan qo‘yilgan muhrlar va
plombalarni tan oladi. Biroq, ushbu xodimlar, agar bu nazorat tufayli zarur bo‘lsa,
qo‘shimcha ravishda o‘zlarining shaxsiy muhrlarini va plombalarini qo‘yishi
mumkin.
2. Ahdlashuvchi tomonlar tarafidan tan olingan muhrlar va plombalar ularning
hududida milliy muhrlar va plombalar kabi huquqiy me’yorlarning himoyasidan
foydalanadi.
22-moddaga sharh
Bojxona muhrlari va plombalarining texnik tavsiflari
XYT Konvensiyasida bojxona muhrlari va plombalari uchun standartlar
va talablar masalasi ko‘rib chiqilmagan Unda faqat Ahdlashuvchi
tomonlar boshqa Ahdlashuvchi tomonlarda qo‘yilgan bojxona muhrlari
va plombalarini tan olishi kerakligi aytib o‘tilgan xolos. Shunday qilib,
bojxona muhrlari va plombalarining texnik tavsifining masalasi milliy
bojxona organlarining ixtiyoriga qoldirilgan. Bojxonada plombalash
samaradorligini ta’minlash uchun bojxona ma’muriyati shu sohadagi
oxirgi xalqaro talablarga mos keladigan muhrlar va plombalardan
foydalanishi kerak. Mazkur kontekstda, bojxona organlarining e’tibori
Bojxona tartiblarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi
Xalqaro Konvensiyaga (Kioto konvensiyasi tomonidan qayta ko‘rib
chiqilgan) bo‘lgan Ye maxsus ilovaning 1 bobida bayon etilgan minimal
talablarga qaratiladi. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan Konvensiyaga
bo‘lgan umumiy ilovaning 6 bobiga Jahon bojxona tashkiloti (JBT)
shafeligi ostida ishlab chiqilgan direktivalarni eslatib o‘tish mumkin.
(TRANS/WP.30/216, 67-band va 2-ilova va TRANS/WP.30/216/Corr.1;
TRANS/WP.30/AC.2/77, 54-band va 3-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |