Tir convention Uzbekistan
-modda Faqat istisno holatlarda bojxona organlari quyidagilarga qo‘l urishi
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
23-modda
Faqat istisno holatlarda bojxona organlari quyidagilarga qo‘l urishi mumkin: - ularning mamlakatidan o‘tib ketishda yo‘l transport vositalari, transport vositalari tarkiblari yoki konteynerlar tashuvchilarning hisobidan kuzatib borilishini talab qilishga; - yo‘lda yo‘l transport vositalari, transport vositalari tarkiblari yoki konteynerlarning yukini tekshirish va ko‘zdan kechirishga. 23-moddaga sharh Transport vositalarini kuzatib borish 23-modda shuni nazarda tutadiki, kuzatib borish faqat bojxona qonunchiligiga rioya qilish boshqa usullarda ta’minlab berila olmaydigan alohida holatlarda belgilanishi mumkin. Kuzatib borishga doir qaror xavflarni tahlil qilish asosida qabul qilinishi kerak. Xususan, transport operatori belgilangan joyning bojxonasida yoki chiqib ketish bojxonasida (oraliq bojxonada) yuk bilan birga yo‘l transport vositasini (yo‘l transport vositalarini) taqdim etmasligi va tovarlar noqonuniy tarzda erkin muomalaga chiqib ketishi xavfini bojxona organlari tahlil qilib chiqishlari lozim. Bunda bojxona organlariga, boshqalar qatorida, quyidagi omillarni ham baholash tavsiya etiladi (erkin tartibda): - XYT kitobchasini saqlovchisi tomonidan bojxona qonunchiligi buzilganligi haqidagi, hamda uning avvallari chaqirib olingan ruxsatnomalari yoki XYT tartibidan chiqarib tashlash haqidagi axborotni; - transport vositasining obro‘si haqidagi ma’lumotni; - to‘lanmaslik xavfi bo‘lgan kirish yoki chiqish bojlari va yig‘imlarining summalarini; - yuklarning kelib chiqishi va yo‘nalishini. Kuzatib borilgan holatda va, xususan, agar tashuvchiga hech qanday boshqa yozma dalil taqdim etilmasa, tashuvchining iltimosiga binoan bojxona xodimlariga XYT kitobchasining №1 koreshogidagi "Turli" nomli 5 ustunga keyinchalik bunday kuzatib borishni talab etishga asos bo‘lib xizmat qilgan sabablarni qisqacha ko‘rsatib, "Kuzatib borish" so‘zini yozib qo‘yish tavsiya etiladi. 0.1 f) tushuntirish xatiga binoan, kuzatib borish uchun yig‘imlar ko‘rsatilgan xizmatlarning taxminiy qiymatidan oshmasligi kerak va o‘zi bilan milliy buyumlarni himoya qilishning bilvosita usulini yoki moliyaviy maqsadlarda eksport va import tovarlarga bo‘lgan soliqni ifoda etmasligi kerak. (ECE/TRANS/WP.30/240, 26-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/97, 27- band) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling