Tir convention Uzbekistan


-modda  Boshqa munosabatlarda XYT operatsiyalari to‘g‘ri deb tan olingan


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

39-modda 
Boshqa munosabatlarda XYT operatsiyalari to‘g‘ri deb tan olingan 
holatlarda: 
1. Ahdlashuvchi tomonlar belgilangan muddatlar yoki yo‘nalishlarga rioya qilish 
bilan bog‘liq kichik kelishmovchiliklarga e’tibor bermaydilar.  
2. Xuddi shunday, XYT kitobchasining yuk manifestida keltirilgan ma’lumotlar va 
yo‘l transport vositasi, transport vositalari tarkibi yoki konteyner tarkibi o‘rtasidagi 
farqlarga XYT kitobchasini saqlovchisi tomonidan mazkur Konvensiyaning 
qoidalarini buzilishi deb qaralmaydi, agar ushbu farqlar yukni ortishda yoki 
jo‘natishda, yoki eslatib o‘tilgan manifestni tuzishda qasddan yoki loqaydlik tufayli 
yo‘l qo‘yilgan xatolarning natijasi emasligi ekanligi haqida vakolatli organlarni 
qondiruvchi dalil keltirilsa. 
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
39-moddaga tushuntirish xati 
0.39 
"Beparvolik tufayli yo‘l qo‘yilgan xatolar" iborasi ostida qasddan va 
vaziyatni to‘liq bilib emas, balki har bir aniq holatda ma’lumotlar 
aniqligini ta’minlash uchun zarur oqilona choralar qabul qilinmaganligi 
sababli sodir etilgan harakatlar tushuniladi.
40-modda 
Jo‘natish mamlakati va belgilangan mamlakatning bojxona organlari XYT 
kitobchasi saqlovchisini ushbu mamlakatlarda aniqlanishi mumkin bo‘lgan farqlar 
uchun javobgar deb hisoblamaydi, agar ushbu farqlar tegishli ravishda XYT 
tashishidan oldin va keyin qo‘llanilgan va kitobchani saqlovchi ularga hech qanday 
aloqasi bo‘lmagan bojxona rejimlariga taalluqli bo‘lsa. 
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
 
41-modda 
Agar XYT kitobchasining manifestida ko‘rsatilgan yuk yo‘l-transport 
hodisasi yoki yengib bo‘lmaydigan kuch natijasida kelib chiqqan vaziyatlar tufayli 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling