Tir convention Uzbekistan


Jo‘natish joyining bojxona organlari tashiladigan yuklarni aniqlash uchun


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

Jo‘natish joyining bojxona organlari tashiladigan yuklarni aniqlash uchun 
zarur hisoblanuvchi qadoqlash varaqlari, suratlar, chizmalar va hokazolar XYT 
kitobchasiga biriktirilishini talab qilishi mumkin. Bunday holatda ular ushbu 
hujjatlarni tasdiqlaydi; ko‘rsatilgan hujjatlarning bitta nusxasi XYT kitobchasi 
muqovasining ichki tomoniga biriktiriladi va kitobchaning barcha manifestlarida 
ushbu hujjatlar mavjudligi haqida belgi qo‘yiladi. 
34-modda 
Har bir Ahdlashuvchi tomondagi oraliq bojxonalarning bojxona organlari 
boshqa Ahdlashuvchi tomonning vakolatli organlari tarafidan qo‘yilgan bojxona 
muhrlari va plombalarini va/yoki taniqlik belgilarini tan oladi. Ular, biroq, 
boshqa muhrlar va plombalarni va/yoki taniqlik belgilarini qo‘shishi mumkin; 
bunday holatda qo‘yilgan muhrlar va plombalar va/yoki taniqlik belgilari haqidagi 
belgilarni ular ularning mamlakatida ishlatilgan XYT kitobchasining yirtma 
varaqalariga, tegishli koreshoklariga, hamda XYT kitobchasining ularda qoladigan 
yirtma varaqalariga qo‘yadi. 
35-modda 
Agar yo‘lda yoki oraliq bojxonasida yuklarni ko‘rikdan o‘tkazayotgan 
xodimlar muhrlar va plombalarni va/yoki taniqlik belgilarini yechishga majbur 
bo‘lsa, ular qo‘yilgan yangi muhrlar va plombalar va/yoki taniqlik belgilari 
haqidagi belgilarni ularning mamlakatida ishlatilgan XYT kitobchasining yirtma 
varaqalariga, tegishli koreshoklariga, hamda XYT kitobchasining ularda qoladigan 
yirtma varaqalariga qo‘yadi. 
IV bob 
KONVENTSIYA QOIDALARINI BUZILISHI 
36-modda 
Mazkur Konvensiya qoidalarining har qanday buzilishi qoidabuzarlik sodir 
etilgan mamlakatda aybdorga nisbatan ushbu mamlakatning qonunchiligida 
nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llashga olib keladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling