Jo‘natish joyining bojxona organlari tashiladigan yuklarni aniqlash uchun
zarur hisoblanuvchi qadoqlash varaqlari, suratlar, chizmalar va hokazolar XYT
kitobchasiga biriktirilishini talab qilishi mumkin. Bunday holatda ular ushbu
hujjatlarni tasdiqlaydi; ko‘rsatilgan hujjatlarning bitta nusxasi XYT kitobchasi
muqovasining ichki tomoniga biriktiriladi va kitobchaning barcha manifestlarida
ushbu hujjatlar mavjudligi haqida belgi qo‘yiladi.
34-modda
Har bir Ahdlashuvchi tomondagi oraliq bojxonalarning bojxona organlari
boshqa Ahdlashuvchi tomonning vakolatli organlari tarafidan qo‘yilgan bojxona
muhrlari va plombalarini va/yoki taniqlik belgilarini tan oladi. Ular, biroq,
boshqa muhrlar va plombalarni va/yoki taniqlik belgilarini qo‘shishi mumkin;
bunday holatda qo‘yilgan muhrlar va plombalar va/yoki taniqlik belgilari haqidagi
belgilarni ular ularning mamlakatida ishlatilgan XYT kitobchasining yirtma
varaqalariga, tegishli koreshoklariga, hamda XYT kitobchasining ularda qoladigan
yirtma varaqalariga qo‘yadi.
35-modda
Agar yo‘lda yoki oraliq bojxonasida yuklarni ko‘rikdan o‘tkazayotgan
xodimlar muhrlar va plombalarni va/yoki taniqlik belgilarini yechishga majbur
bo‘lsa, ular qo‘yilgan yangi muhrlar va plombalar va/yoki taniqlik belgilari
haqidagi belgilarni ularning mamlakatida ishlatilgan XYT kitobchasining yirtma
varaqalariga, tegishli koreshoklariga, hamda XYT kitobchasining ularda qoladigan
yirtma varaqalariga qo‘yadi.
IV bob
KONVENTSIYA QOIDALARINI BUZILISHI
36-modda
Mazkur Konvensiya qoidalarining har qanday buzilishi qoidabuzarlik sodir
etilgan mamlakatda aybdorga nisbatan ushbu mamlakatning qonunchiligida
nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llashga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |