Tir convention Uzbekistan


-modda  Qoidabuzarlik qaysi hududda sodir etilganligini aniqlash imkoni bo‘lmagan


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

37-modda 
Qoidabuzarlik qaysi hududda sodir etilganligini aniqlash imkoni bo‘lmagan 
holatlarda, u aniqlangan Ahdlashuvchi tomonning hududida sodir etilgan deb 
hisoblanadi.  
 
 
 
 


38-modda 
1. Yuklarni xalqaro tashishda qo‘llaniladigan bojxona qonunlari yoki qoidalarini 
jiddiy buzishda aybdor bo‘lgan har qanday shaxsni har bir Ahdlashuvchi tomon 
mazkur Konvensiya qarorlaridan foydalanish huquqidan vaqtincha yoki to‘liq 
mahrum etish huquqiga ega. 
38-moddaning 1-bandiga tushuntirish xati 
0.38.1 Olib tashlangan. 
(ECE/TRANS/17/Amend.23, 2003 yil 7 noyabrda kuchga kirgan) 
2. Bunday huquqdan mahrum qilish haqida mazkur shaxs ta’sis etilgan yoki doimiy 
turish joyiga ega bo‘lgan hududning Ahdlashuvchi tomoniga, qoidabuzarlik sodir 
etilgan mamlakat yoki bojxona hududidagi birlashma(lar)ga va XYT Ijroiya 
qo‘mitasiga bir hafta mobaynida xabar beriladi.  
(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan) 
38-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati 
Olib tashlangan. 
(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan) 
0.38.2 
U yoki bu shaxsni Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan 
vaqtincha yoki to‘liq mahrum etish haqida XYT Ijroiya qo‘mitasiga xabar 
berishning huquqiy talabi XYT Ijroiya qo‘mitasining rahbarligi ostida 
XYT bilan birgalikda shu maqsadlarda ishlab chiqilgan elektron 
ilovalaridan tegishli tarzda foydalanish orqali bajarilgan deb hisoblanadi. 
(ECE/TRANS/17/Amend.32, 2015 yil 1 yanvarda kuchga kirgan) 
38-moddaga sharhlar 
Vakolatli organlar o‘rtasidagi hamkorlik  
Konvensiyaga 
9-ilovaning 
II-qismiga 
muvofiq 
shaxsga 
XYT 
kitobchalaridan foydalanishga ruxsat berishga nisbatan mazkur shaxs 
doimiy turish joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan Ahdlashuvchi 
tomonning vakolatli organlari ushbu shaxs jiddiy yoki ko‘p marotaba 
bojxona qonunchiliklarini buzganiga nisbatan 38-moddaning 2-bandiga 
muvofiq boshqa Ahdlashuvchi tomon bergan har qanday axborotni 
inobatga olishlari kerak. Shunday qilib, mazkur shaxs doimiy turish 
joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan Ahdlashuvchi tomon tarafidan ishni 
samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun, bunday xabarnomada iloji 
boricha ko‘proq batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 
(TRANS/WP.30/196, 76-band; TRANS/WP.30/200, 68-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/67, 63-band va 3-ilova) 
Milliy tashuvchini XYT rejimidan chiqarib tashlash 
Milliy tashuvchi doimiy turish joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan 
mamlakat hududida sodir etgan bojxona qoidalarini jiddiy buzishda 
aybdor bo‘lganligi sababli XYT rejimidan chiqarib tashlash uchun 
bojxona organlariga shuningdek, nafaqat 38-moddadagi 1-bandning 
qoidalaridan, balki 6-moddadagi 4-bandning va 9-ilovadagi II-qismning 


1-bandidagi qoidalardan ham foydalanish tavsiya etiladi.  
(TRANS/WP.30/196, 
77-band; 
TRANS/WP.30/200, 
68-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/67, 63-band va 3-ilova) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling