30-modda
Mazkur Konvensiyaning barcha qoidalari, ulardan chetlanishlar mazkur
bo‘limning alohida qoidalarida nazarda tutilganlaridan tashqari, XYT tartibiga
rioya qilgan holda og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklarni tashishga nisbatan
qo‘llaniladi.
31-modda
Kafolat birlashmasining javobgarligi nafaqat XYT kitobchasida sanab
o‘tilgan yuklarga, balki ushbu kitobchada sanab o‘tilmagan bo‘lsa ham,
platformada bo‘lgan yoki XYT kitobchasida sanab o‘tilgan yuklarning orasida
bo‘lgan yuklarga ham tarqaladi.
32-modda
XYT kitobchasining muqovasida va barcha yirtma varaqalarida semiz
shrift bilan ingliz yoki fransuz tilida "Og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar" degan
yozuv tushirilishi kerak.
32-moddaga sharh
Oddiy yuklar va og‘ir vaznli va katta hajmli yuklardan iborat bo‘lgan
aralash yuklarni tashishga XYT kitobchalarini berish
Oddiy yuklar va og‘ir vaznli va katta hajmli yuklardan iborat bo‘lgan
aralash yuklarni tashish uchun talab etiladigan XYT kitobchalari soni
borasidagi qarorni qabul qilishda jo‘natish joyining bojxonasi 32-
moddaning alohida qoidalarini inobatga oladi, ularga muvofiq og‘ir
vaznli va katta hajmli yuklarni tashish uchun XYT kitobchasining
muqovasida va barcha yirtma varaqalarida "og‘ir vaznli va katta hajmli
yuklar" degan yozuv tushirilishi kerak. Ushbu yozuv bojxona muhrlari va
plombalari ostida tashiladigan oddiy yuklarga taalluqli bo‘lmaganligi
sababli, oddiy yuklarni tashish uchun alohida HYT kitobchasi (XYT
kitobchalari) talab etiladi.
(TRANS/WP.30/AC.2/71, 3-ilova; TRANS/WP.30/206, 57-band)
33-modda
Do'stlaringiz bilan baham: |