39-modda
Boshqa munosabatlarda XYT operatsiyalari to‘g‘ri deb tan olingan
holatlarda:
1. Ahdlashuvchi tomonlar belgilangan muddatlar yoki yo‘nalishlarga rioya qilish
bilan bog‘liq kichik kelishmovchiliklarga e’tibor bermaydilar.
2. Xuddi shunday, XYT kitobchasining yuk manifestida keltirilgan ma’lumotlar va
yo‘l transport vositasi, transport vositalari tarkibi yoki konteyner tarkibi o‘rtasidagi
farqlarga XYT kitobchasini saqlovchisi tomonidan mazkur Konvensiyaning
qoidalarini buzilishi deb qaralmaydi, agar ushbu farqlar yukni ortishda yoki
jo‘natishda, yoki eslatib o‘tilgan manifestni tuzishda qasddan yoki loqaydlik tufayli
yo‘l qo‘yilgan xatolarning natijasi emasligi ekanligi haqida vakolatli organlarni
qondiruvchi dalil keltirilsa.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
39-moddaga tushuntirish xati
0.39
"Beparvolik tufayli yo‘l qo‘yilgan xatolar" iborasi ostida qasddan va
vaziyatni to‘liq bilib emas, balki har bir aniq holatda ma’lumotlar
aniqligini ta’minlash uchun zarur oqilona choralar qabul qilinmaganligi
sababli sodir etilgan harakatlar tushuniladi.
40-modda
Jo‘natish mamlakati va belgilangan mamlakatning bojxona organlari XYT
kitobchasi saqlovchisini ushbu mamlakatlarda aniqlanishi mumkin bo‘lgan farqlar
uchun javobgar deb hisoblamaydi, agar ushbu farqlar tegishli ravishda XYT
tashishidan oldin va keyin qo‘llanilgan va kitobchani saqlovchi ularga hech qanday
aloqasi bo‘lmagan bojxona rejimlariga taalluqli bo‘lsa.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
41-modda
Agar XYT kitobchasining manifestida ko‘rsatilgan yuk yo‘l-transport
hodisasi yoki yengib bo‘lmaydigan kuch natijasida kelib chiqqan vaziyatlar tufayli
Do'stlaringiz bilan baham: |