halok bo‘lganligini, yoki qaytmas tarzda yo‘qotilganligini, yoki yetishmovchilik
yukga xos bo‘lgan xususiyatlarning natijasi ekanligini bojxona organlari tan olsa,
ular odatda undiriladigan bojlar va yig‘imlardan ozod etiladi.
42-modda
Ahdlashuvchi tomonning tegishli sabablar bayon etilgan so‘rovi olinishi
bilan, Ahdlashuvchi tomonlarning mazkur HYT tashishga taalluqli bo‘lgan
vakolatli organlari unga yuqorida keltirilgan 39, 40 va 41-moddalarning
qoidalarini qo‘llash uchun zarur bo‘lgan o‘zlaridagi barcha ma’lumotlarni taqdim
etadilar.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
42-moddaga sharh
Bojxona organlari o'rtasidagi hamkorlik
Ko‘pincha, XYT operatsiyasi yakunlanmaganida bojxona xodimlari
to‘lanishi kerak bo‘lgan chiqish yoki kirish bojlarini aniqlashi qiyin
bo‘ladi, chunki XYT kitobchasida yuklarning ta’rifi aniq emas, qiymati
esa belgilanmagan. Bunday holatlarda, odatda, jo‘natish bojxonalaridan
yuk to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olinadi. Yaqindan
hamkorlik qilish zarur, chunki Konvensiyadagi 42 va 50-moddalarning
qoidalariga qat’iy rioya qilishgina XYT tranzit tizimining samarali
ishlashini ta’minlashi mumkin.
(TRANS/WP.30/131, 39 va 40-bandlar)
42- bis modda
Vakolatli organlar birlashmalar bilan yaqindan hamkorlik qilib, XYT
kitobchalaridan tegishli tarzda foydalanishni ta’minlash uchun barcha zarur
choralarni ko‘radilar. Shu maqsadda ular milliy va xalqaro darajalarda tegishli
nazorat choralarini qabul qilishlari mumkin. Ushbu kontekstda vakolatli organlar
tomonidan qabul qilinadigan milliy nazorat choralari darhol, Konvensiya
Do'stlaringiz bilan baham: |