Har bir Ahdlashuvchi tomon manfaatdor bo‘lgan kafolat birlashmalariga
quyidagilarga nisbatan imtiyozlarni taqdim etadi:
a) mazkur Konvensiya 8-moddasining qoidalari tufayli Ahdlashuvchi tomonlarning
vakolatli organlari tomonidan undiriladigan summalarni to‘lash uchun valyutani
o‘tkazish va,
b) kafolat birlashmalariga ularning korrespondentlari bo‘lgan xorijiy birlashmalar
yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan yuboriladigan, XYT kitobchalarining
blankalari uchun to‘lash kerak bo‘lgan valyutani o‘tkazish.
45-modda
Har bir Ahdlashuvchi tomon XYT operatsiyalari uchun o‘zi oldindan
belgilaydigan jo‘natish joyi bojxonalari, oraliq bojxonalari va belgilangan joy
bojxonalarining ro‘yxatini e’lon qiladi. Hududlari tutashuvchi mamlakatlarning
Ahdlashuvchi tomonlari o‘zaro rozilik asosida tegishli chegara bojxonalarini va
ularning ishlash soatlarini belgilash uchun maslahatlashadilar.
45 moddaga tushuntirish xati
0.45
Ahdlashuvchi tomonlarga XYT operatsiyalarini amalga oshirish uchun
imkon qadar ko‘proq - ham ichki, ham chegara bojxonalarini ochish
tavsiya etiladi.
46-modda
1. Bojxonalar xodimlari tomonidan mazkur Konvensiyada eslatib o‘tilgan
rasmiyatchiliklarni bajarilishi yig‘imlarni talab qilish huquqini bermaydi, ushbu
rasmiyatchiliklar odatda ularni amalga oshirish uchun belgilangan kun va
soatlarda, va joylarda amalga oshirilmaydigan holatlar bundan mustasno.
2. Tez buziladigan yuklar bilan bog‘liq bojxona operatsiyalarini yengillashtirish
uchun Ahdlashuvchi tomonlar ularga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘radi.
46-moddaga sharh
Tashuvchining iltimosiga binoan bojxona tekshiruvini o‘tkazish uchun
yig‘imlar XYT Konvensiyasining 5-moddasiga bo‘lgan sharhda
ko‘rsatilganidek, tashuvchining iltimosiga binoan bojxona organlarining
harakatlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashuvchining o‘ziga
yuklatiladi.
(TRANS/WP.30/196, 66 va 67 bandlar va 3 ilova;
TRANS/WP.30/AC.2/63, 63 band va 3 ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |