47-modda
1. Mazkur Konvensiyaning qoidalari milliy qoidalardan kelib chiqadigan va
jamoatchilik axloq-odoblarining mulohazalariga, jamoatchilik xavfsizligiga,
sog‘liqni saqlash yoki gigiyenaga, yoki veterinar yoki fitopatologik mulohazalarga
asoslangan cheklovlarni va nazoratni qo‘llashga ham, ushbu qoidalar asosida
olinadigan yig‘imlarni undirishga ham to‘sqinlik qila olmaydi.
2. Mazkur Konvensiyaning qoidalari tashishlarni reglamentlovchi boshqa milliy
yoki xalqaro qoidalarni qo‘llashga to‘sqinlik qilmaydi.
47-moddaga sharhlar
Savdo tartiblarini yengillashtirish va bojxona nazorati
XYT Konvensiyasi bojxona tranzit rejimini ta’minlashga qaratilgan
bojxona konvensiyasi hisoblanadi. 47-moddaning maqsadi bojxona
qoidalari bo‘lmagan milliy qoidalar asosida qo‘shimcha cheklovlar va
nazorat qo‘llanilishini nazarda tutishdan iborat. Shuning uchun
qo‘shimcha bojxona talablarini asoslash uchun undan foydalanmaslik
lozim.
47-moddaning 1-bandi qo‘llanilganda bunday cheklovlar va nazorat
odatda transport korxonalari uchun kechikishlarga va xarajatlarni
oshishiga olib keladi. Shuni hisobga olib, bunday cheklovlar va nazorat
minimallashtirilishi va ular vaziyatlar va haqiqiy xavflarga asoslangan
holatlar bilan cheklanishi kerak.
(TRANS/WP.30/204, 58-band; TRANS/WP.30/AC.2/69, 3-ilova)
Kuzatib boruvchi hujjatlar
Tegishli yuklar har doim xalqaro konvensiyalar asosida (yo‘qolib ketish
xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi
to‘g‘risidagi 1973 yildagi Konvensiya kabi) talab etiladigan hujjatlar
bilan kuzatib borilishi kerak. Bunday holatlarda bojxona nazorati XYT
kitobchasida ushbu hujjatga bo‘lgan havola bilan yengillashtirilishi
mumkin.
(TRANS/WP.30/216, 72-band va 2-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/77, 54-
band va 3-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |