2.
Yuqorida 1-bandda bayon etilgan tartibga muvofiq qabul qilingan har
qanday o‘zgartirish kuchga kirishida barcha Ahdlashuvchi tomonlar uchun ushbu
o‘zgartirish taalluqli bo‘lgan har qanday avvalgi qoidalarni o‘rnini bosadi.
61-modda
Takliflar, xabarlar va e'tirozlar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Konvensiyaning 52-
moddasidagi 1-bandda eslatib o‘tilgan barcha Ahdlashuvchi tomonlarni va barcha
davlatlarni yuqorida keltirilgan 59 va 60-moddalarga muvofiq qilingan barcha
takliflar, xabarlar yoki e’tirozlar haqida va har bir o‘zgartirishning kuchga kirish
muddati haqida xabardor qiladi.
62-modda
Qayta ko'rib chiqish
konferensiyasi
1. Ahdlashuvchi tomon hisoblangan har qanday davlat, Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh kotibini xabardor qilish yo‘li bilan mazkur Konvensiyani qayta
ko‘rib chiqish maqsadida konferensiya chaqirilishini so‘rashi mumkin.
2. 52-moddaning 1-bandida eslatib o‘tilgan barcha Ahdlashuvchi tomonlar va
barcha davlatlar taklif etiladigan qayta ko‘rib chiqish konferensiyasi Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tarafidan chaqiriladi, agar Bosh kotib tarafidan
xabardor qilingan sanadan keyin olti oy o‘tib Ahdlashuvchi tomonlar hisoblangan
davlatlarning kamida choragi uni ushbu iltimosga rozi ekanligi haqida xabardor
qilsa.
3. 52-moddaning 1-bandida eslatib o‘tilgan barcha Ahdlashuvchi tomonlar va
barcha davlatlar taklif etiladigan qayta ko‘rib chiqish konferensiyasi shuningdek,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tarafidan Ma’muriy qo‘mitadan shu
kabi iltimosnomani olgan holatda ham chaqiriladi. Ma’muriy qo‘mita Qo‘mitadagi
Do'stlaringiz bilan baham: |