55-modda
Amal qilinishini tugatish
Agar mazkur Konvensiya kuchga kirgandan keyin Ahdlashuvchi tomonlar
bo‘lgan davlatlarning soni ketma-ket o‘n ikki oyning qandaydir davrida beshtadan
kam bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan o‘n ikki oylik davr o‘tishi bilan mazkur
Konvensiya o‘z kuchini yo‘qotadi.
56-modda
1959 yilgi XYT Konvensiyasining amal qilinishini tugatish
1.
Mazkur Konvensiya kuchga kirgan paytdan boshlab mazkur Konvensiyaning
Ahdlashuvchi tomonlari o‘rtasidagi munosabatlarda u bilan 1959 yilgi XYT
Konvensiyasi bekor qilinadi va almashtiriladi.
2. 1959 yilgi XYT Konvensiyasining shartlariga muvofiq, yo‘l transport vositalari
va konteynerlarga nisbatan berilgan ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomalar
bunday transport vositalari va konteynerlar hanuzgacha ular dastlab tashishlarga
ruxsat etilgan talablarga javob berishi shartida, bojxona muhrlari va plombalari
ostida yuklarni tashish uchun amal qilish muddati yoki uni har qanday
uzaytirilishi davomida Konvensiyaning Ahdlashuvchi tomonlari tarafidan qabul
qilinadi.
57-modda
Nizolarni hal qilish
1. Ikkita yoki undan ortiq Ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida mazkur Konvensiya
qoidalarini talqin qilish yoki qo‘llashga nisbatan vujudga kelgan har qanday nizo,
imkon qadar, bahslashuvchi tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan yoki
boshqa tartibga solish vositalari yordamida hal etilishi kerak.
2. Ikkita yoki undan ortiq Ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida mazkur Konvensiya
qoidalarini talqin qilish yoki qo‘llashga nisbatan vujudga kelgan, mazkur
moddaning 1-bandida nazarda tutilgan usullarda hal etish imkoni bo‘lmagan har
Do'stlaringiz bilan baham: |