3. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shartlardan tashqari boshqa
hech qanday shartlar ushbu Konvensiyaga kiritilmaydi.
58-bis modda
Ma'muriy qo'mita
Mazkur bilan tarkibiga barcha Ahdlashuvchi tomonlar kiradigan Ma’muriy
qo‘mita tashkil etiladi. Uning tarkibi, funksiyalari va tartib qoidalari 8-ilovada
bayon etilgan.
(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan)
58-ter modda
XYT Ijroiya kengashi
Ma’muriy qo‘mita XYT Ijroiya kengashini Konvensiya va Qo‘mita
tarafidan unga yuklatilgan vazifalarni uning nomidan bajaruvchi yordamchi organ
sifatida tashkil qiladi. Uning tarkibi, funksiyalari va tartib qoidalari 8-ilovada
bayon etilgan.
(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan)
59-modda
Mazkur konvensiyaga o‘zgartirishlarni kiritish tartibi
1. Mazkur Konvensiyaga bo‘lgan o‘zgartirishlar, jumladan ilovalar, mazkur
moddada belgilangan tartibga muvofiq har qanday Ahdlashuvchi tomonning
taklifi bo‘yicha kiritilishi mumkin.
2. Mazkur Konvensiyaga taklif qilingan har qanday o‘zgartirish barcha
Ahdlashuvchi tomonlardan iborat bo‘lgan Ma’muriy qo‘mita tomonidan 8-ilovada
bayon etilgan tartiblar qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Ma’muriy
qo‘mitaning sessiyasida ko‘rib chiqilgan yoki ishlab chiqilgan va Qo‘mita tarafidan
ishtirok etganlar va ovoz beradiganlar sonining uchdan ikki qismi bilan
ma’qullangan har qanday shunday o‘zgartirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Bosh kotibi tarafidan Ahdlashuvchi tomonlarga qabul qilish uchun yo‘llanadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan)
3. 60-moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari, avvalgi bandga muvofiq
Do'stlaringiz bilan baham: |