ko‘pchilik ishtirok etuvchilar va ovoz beruvchilar bilan bunday iltimos bilan
murojaat qilish yoki qilmaslik borasida qaror qabul qiladi.
4. Agar mazkur moddaning 1 yoki 3-bandlariga muvofiq konferensiya
chaqiriladigan bo‘lsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi bu haqda barcha
Ahdlashuvchi tomonlarni xabardor qiladi va unga uch oylik muddatda
Konferensiyada ko‘rib chiqilishini istaydigan takliflarni taqdim etishlarini
so‘raydi.
Konferensiya ochilishidan kamida uch oy oldin Bosh kotib barcha Ahdlashuvchi
tomonlarga Konferensiyaning dastlabki kun tartibini, hamda ushbu takliflarning
matnini xabar qiladi.
63-modda
Bildirishnomalar
61 va 62-moddalarda nazarda tutilgan bildirishnomalar va xabarlardan
tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi 52-moddada ko‘rsatilgan
barcha davlatlarni quyidagilar borasida xabardor qiladi:
a)
52-moddaga muvofiq imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash va
qo‘shish to‘g‘risida;
b) 53-moddaga muvofiq mazkur Konvensiyani kuchga kirish sanalari to‘g‘risida;
c) 54-moddaga muvofiq denonsatsiyalar to‘g‘risida;
d) 55-moddaga muvofiq mazkur Konvensiyani amal qilishi tugashi to‘g‘risida;
e) 58-moddaga muvofiq qo‘yilgan shartlar to‘g‘risida.
64-modda
Asl matni
1976 yil 31 dekabrdan keyin mazkur Konvensiya matnining asli saqlash
uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi, u tegishli tarzda
tasdiqlangan nusxalarini Ahdlashuvchi tomonlarning har biriga va 52-moddaning
1-bandida ko‘rsatilgan, Ahdlashuvchi tomon hisoblanmagan har bir davlatga
yuboradi.
SHUNGA GUVOHLIK QILIB, quyida imzo qo‘yganlar, shunga tegishli
Do'stlaringiz bilan baham: |