5. Tuzatish mazkur Qoidalarga ilova qilingan 4-rasmda ko‘rsatilgan usulda amalga
oshiriladi; tikiluvchi hoshiyalar biri ikkinchisiga bukilgan va bir-biridan hech
bo‘lmaganida 15 mm.ga uzoqlikda bo‘lgan aniq ko‘rinuvchan choklar bilan ulangan
bo‘lishi kerak; ichkaridan ko‘rinuvchan ipning rangi tashqaridan ko‘rinuvchan
ipning rangidan, va brezentning o‘zini rangidan farqlanishi kerak; barcha choklar
mashinada tikib chiqilgan bo‘lishi kerak. Hoshiyalarida shikastlangan brezent
shikastlangan qismni yamoq qo‘yish yo‘li bilan ta’mirlanayotgan shunday
holatlarda, chok, shuningdek, mazkur moddaning 3-bandini qoidalariga va mazkur
Qoidalarga ilova qilingan 1-rasm muvofiq tikib chiqilishi ham mumkin. Plastmassa
bilan qoplangan matodan brezentni ta’mirlash, shuningdek, mazkur moddaning 4-
bandida ta’riflangan usulga muvofiq ham amalga oshirilishi mumkin, ammo ushbu
holatda tasma brezentning ikki tomonidan qo‘yilishi, hamda yamoq ichkaridan
o‘rnatilishi kerak.
3-moddaning 5-bandiga sharh
Nur qaytaruvchi materialdan tasmalar
Yechib olinishi va brezentning tuzilmasini yopuvchi nur qaytaruvchi
materiallardan tasmalarga, agar ular plastmassa bilan qoplangan
matodan tashkil etilgan brezentga to‘liq payvandlangan va Konvensiyaga
2-ilovaning 3-moddasi 5-bandi talablariga muvofiq mahkamlangan
bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi (quyidagi rasmni ko‘ring).
(TRANS/WP.30/151, 40-band)
13
3 3
7
13
3 3
7
Brezent
Brezent
Nur qaytaruvchi materialdan
tasma
Material
Plastikdan tasma
Plastikdan tasma
Plastmassa bilan qoplangan brezentni ta’mirlash
Bunday brezentni ta’mirlash uchun quyidagi usullarni qo‘llashga ruxsat
beriladi. Yamoqni payvandlash uchun harorat va bosim ta’siri ostida
eritilgan vinil qo‘llaniladi. Plastik bosma materialdan tasma brezentning
ikki tomonidan yamoqning hoshiyalariga o‘rnatiladi.
(TRANS/GE.30/6, 40-band; TRANS/GE.30/GRCC/4, 33-band)
Do'stlaringiz bilan baham: |