Tir convention Uzbekistan


Agar brezent plastmassa bilan qoplangan matoning bir nechta bo‘laklaridan


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

4. Agar brezent plastmassa bilan qoplangan matoning bir nechta bo‘laklaridan 
tuzilgan bo‘lsa, ushbu bo‘laklar, shuningdek, mazkur Qoidalarga ilova qilingan 3-
rasmga muvofiq payvandlash yordamida ulangan bo‘lishi mumkin. Har bir 
bo‘lakning hoshiyasi boshqa bo‘lakning hoshiyasini hech bo‘lmaganda 15 mm.ga 
yopishi kerak. Bo‘laklarning ulanishi butun kenglik bo‘yicha ta’minlangan bo‘lishi 
kerak. Ulanishning tashqi hoshiyasi payvandlashning xuddi o‘sha usulida ulanuvchi 
hech bo‘lmaganda 7 mm kenglikdagi plastmassa tasma bilan qoplangan bo‘lishi 
kerak. Ushbu tasmada, hamda uning har bir tomonidan, kenglik bo‘ylab hech 
bo‘lmaganida 3 mm.dan bir tusdagi aniq relyef bosib chiqilgan bo‘lishi kerak. 
Payvandlash bo‘laklar uzilishi va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan qayta ulanishi 
mumkin bo‘lmagan shunday tarzda amalga oshiriladi. 
3-moddaning 4-bandiga sharh 
Plastmassadan tasma 
Plastmassadan tasmaning majburiy mavjud bo‘lishi haqidagi talab juda 
ham ahamiyatlidir, binobarin, uni istisno qilish mumkin emas. 
(TRANS/GE.30/17, 99-band) 


Brezent hoshiyalarini kesishuvchan ulash 
Bojxona xavfsizligi maqsadi uchun brezent hoshiyalarini kesishuvchan 
ulash kengligining 15 mm.dan kam bo‘lmasligiga qaramasdan yetarlicha 
hisoblanadi, kesishmaning 20 mm va undan ortiq kengligiga yo‘l 
qo‘yiladi, uning zarurati brezent qanday materialdan yasalganligi, uni 
payvandlash usuliga bog‘liq holda texnik sabablar bilan ifoda etilishi 
mumkin. 
(TRANS/WP.30/162, 64- va 65-bandlar, TRANS/WP.30/AS.2/37, 6-ilova) 
Brezent bo‘laklarini payvandlash usullari 
Bojxona nuqtai nazaridan xavfsiz sifatida tan olinuvchi brezentning 
bo‘laklarini payvandlash usullariga, agar ular Konvensiyaga 2-ilovaning 
qoidalariga muvofiq qo‘llanilayotgan bo‘lsa, brezentning payvandlanishi 
yuqori haroratlar yordamida amalga oshirilganida "payvandlashning 
issiqlik usuli", va brezentning payvandlanishi yuqori chastota va bosim 
yordamida amalga oshirilganida "yuqori chastotali payvandlash usuli"ga 
tegishlidir. 
(TRANS/WP.30/162, 64- va 65-bandlar, TRANS WP.30/AS.2/37, 6-ilova) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling