Tir convention Uzbekistan


c)  ventilyatsion va drenaj tirqishlar yuk bo‘linmasi ichiga kirishga to‘sqinlik


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

c) 
ventilyatsion va drenaj tirqishlar yuk bo‘linmasi ichiga kirishga to‘sqinlik 
qiluvchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu qurilma shunday 
konstruksiyada bo‘lishi kerakki, uni tashqaridan yechib olish va 
ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan joyiga joylashtirish mumkin bo‘lmasligi 
kerak. 
2-moddaning 1 (s)-bandiga tushuntirish xati 
2.2.1 c)-1 Ventilyatsion tirqishlar 
a) Ularning maksimal o‘lchami umuman olganda 400 mm.dan oshmasligi kerak.
b) Yuk bo‘linmasiga bevosita kirish imkonini beruvchi tirqishlar, quyidagilar bilan 
to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak: 
i) simli to‘r yoki perforatsiyalangan metall ekran bilan (ikkala 
holatlarda tirqishlarning 3 mm maksimal o‘lchamlari bilan) va 
payvandlangan metall panjara bilan (tirqishlarning 10 mm 
maksimal o‘lchami bilan) himoyalangan bo‘lishi kerak; yoki 
ii) 
yetarlicha mustahkamlikka ega bo‘lgan bir perforatsiyalangan 
metall ekran bilan (tirqishlarning 3 mm maksimal o‘lchami va 
kamida 1 mm qalinlik bilan). 
(ECE/TRANS/17/Amend.12, 1990 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 


2.2.1 (s)-1 tushuntirish xatiga sharh 
Izometrik yuk bo‘linmalarida ventilyatsion tirqishlar 
Izometrik yuk bo‘linmalarining ichki va tashqi yuzalari orasida 
o‘rnatiluvchi ekran namunasi. (TRANS/WP.30/127, 43-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/25, 3-ilova) 
1-rasm 2-rasm 
Issiqlik izolyatsiyasi 
Tashqaridan Ichkaridan 
1- va 2-rasmlarni 
ko‘ring 
Yopiq 
holatdagi 
to‘sgich 
Tashqi 
qoplama 
Metall ekran 
Ochiq 
holatdagi 
to‘sgich 
Ichki 
qoplama 
(s) 
Yuk bo‘linmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini bermaydigan 
tirqishlar (masalan, tizzalar yoki deflektorlar tizimini mavjudligi sharofati 
bilan), b)-bandostida so‘z yuritilayotgan qurilmalar bilan jihozlanishi 
kerak, ammo ularda 10 mm.gacha (sim to‘ri yoki metall ekran uchun) va 
20 mm.gacha (metall panjara uchun) o‘lchamdagi tirqishlarga yo‘l 
qo‘yiladi. 
(ECE/TRANS/17/Amend.12, 1990 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 
d) 
Tirqishlar brezentda o‘rnatiladigan vaqtdagi shunday holatlarda, umuman 
olganda, mazkur tushuntirish xatining b)-bandida zikr etilgan 
qurilmalarning mavjudligini ko‘zda tutish kerak. Biroq, tashqaridan 
o‘rnatiluvchi perforatsiyalangan metall ekran ko‘rinishidagi yopuvchi 
qurilmalarning va ichki tomondan o‘rnatiluvchi simli yoki boshqa 
to‘rning o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi. 


e) 
Tirqishlarning o‘lchamlariga rioya etilayotganligi va ushbu tirqishlarni 
ko‘rinuvchan shikastlanishlarsiz sezilarli kattalashtirish mumkin emasligi 
uchun yetarlicha mustahkam material qo‘llanilayotganligi shartida shunga 
o‘xshash nometall moslamalarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari, 
ventilyatsion moslama faqat brezentning bir tomonidan ishlayotganda uni 
almashtirish mumkin bo‘lmaydigan shunday tarzda qurilgan bo‘lishi 
kerak. 
f) 
Ventilyatsion tirqish himoya moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi 
mumkin. Bu moslama bojxona xizmati xodimlari tomonidan ventilyatsion 
tirqish ko‘rikdan o‘tkazilishiga qiyinchilik tug‘dirmaydigan shunday 
tarzda 
brezentga 
mahkamlanishi 
kerak. 
Brezentga 
himoya 
moslamasining mahkamlanish joyi ventilyatsion tirqishning ekranidan 
kamida 5 sm uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
(ECE/TRANS/17, Amend.5, 1984 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 
2.2.1 (s) 1 tushuntirish xatiga sharh 
Himoya qurilmasining namunasi 
a-a
1
kesim

a



Yuk bo‘linmalaridagi ventilyatsion tirqishlar 
Garchi ventilyatsion tirqishlarning o‘lchami umuman olganda 400 
mm.dan oshmasligi kerak bo‘lsada, bojxona organi, ularga ventilyatsion 
tirqishlarining o‘lchami 400 mm.dan katta bo‘lgan transport vositalarini 
taqdim etilishida, barcha qolgan talablarga rioya etish sharti bilan 
bunday transport vositasiga tashish huquqini berishi mumkin. 
(TRANS/GE.30/14, 102-band; TRANS/WP.30/143, 36- va 37-bandlar; 
TRANS/WP.30/AS.2/31, 3-ilova) 
2-moddaning 1 (s)-bandiga tushuntirish xati 
2.2.1 (s)-2 Drenaj tirqishlar 
a) 
Ularning maksimal o‘lchami umuman olganda 35 mm.dan 
oshmasligi kerak; 
b) 
Yuk bo‘linmasiga bevosita kirish imkonini beruvchi tirqishlar, 
ventilyatsion tirqishlar uchun 2.2.1(s)-1 tushuntirish xatining b)-
bandosti bilan belgilangan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi 
kerak; 
c) 
Drenaj tirqishlar yuk bo‘linmasiga bevosita kirish imkonini 
bermaydigan shunday holatlarda, mazkur tushuntirish xatining b)-
bandostida ko‘rsatilgan qurilmalar, tirqishlar yuk bo‘linmasining 
ichki tomonidan oson erishimli deflektorlarning ishonchli tizimi 
bilan jihozlanganlik shartida, talab etilmaydi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling