Tir convention Uzbekistan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
Ta’rifi Tasvirlangan qurilmaning o‘zagi va tirgagi maxsus shaklga ega, bu ushbu detallarni oshiq-moshiqlar yopiqligida yechib olishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, ushbu konstruksiyada o‘zak ostidan o‘tuvchi olti qirrali boshchali bolt qo‘llanilishi kerak. Bolt boshchasi va tirgak orasidagi fazo, oshiq-moshiq yopiqligi vaqtida, ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan boltni burab yechib olish imkonini oldini olish uchun yetarlicha kichik bo‘lishi kerak. Ushbu holatda boltlarni payvandlab qo‘yish mumkin. (TRANS/WP.30/123, 46- va 47-bandlar va 2-ilova; TRANS/WP.30/AS.2/23, 3-ilova) c) Istisno tariqasida, agar transport vositalari izometrik yuk bo‘linmalariga bo‘lsa, bojxona muhrlarini va plombalarini, oshiq-moshiqlar va yechib olinishi yuk bo‘linmasining ichiga yoki yuklarni yashirish uchun yaroqli bo‘lgan kirish imkonini beruvchi boshqa joylarga boshqa detallarni o‘rnatish uchun moslama quyidagi tizimlar yordamida shunday yuk bo‘linmalarning eshiklariga mahkamlanishi mumkin: i) tashqaridan o‘rnatiluvchi burab qotiriluvchi boltlar yoki shuruplar, ammo boshqa jihatlarda quyidagi shartda yuqorida keltirilgan 2.2.1 a) tushuntirish xatida keltirilgan talablarni qoniqtirmaydigan: burab qotiriluvchi boltlar yoki burab qotiriluvchi shuruplarning o‘zaklari rezbali tirqishlar bilan listga yoki tashqi panelning ichkarisida yoki eshikning tashqi panellarida joylashgan shunga o‘xshash moslama, va burab qotiriluvchi boltlar yoki burab qotiriluvchi shuruplarning muvofiq miqdordagi boshchalari bojxona plombalarining tushirilishi uchun qurilmaga, oshiq-moshiqlarga va hokazolarga shunday tarzda payvandlanadiki, ular to‘liq deformatsiyalanadi, va burab qotiriluvchi boltlarni yoki shuruplarni ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan olib tashlash imkoni yo‘q (6-ilovaning 1-rasmini ko‘ring); ii) mahkamlovchi moslama, u quyidagi shartlarda izometrik konstruksiyadagi eshikning ichki tomoniga o‘rnatiladi: moslamaning mahkamlash bolti va mahkamlash gaykasi pnevmatik yoki gidravlik instrument yordamida ulangan va plastinaning va eshik konstruksiyasining tashqi qatlami va izolyatsiya orasiga o‘rnatiluvchi shunga o‘xshash moslamaning teskari tomonidan mahkamlanadi; va yuk bo‘linmasining ichidan mahkamlanuvchi boltning boshqasiga erishish imkoni yo‘q; va mahkamlovchi gaykalar va mahkamlovchi boltlarning yetarlicha miqdori payvandlash yordamida ulangan, va moslamani ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan olib tashlash imkoni yo‘q (6-ilovaning 5-rasmini ko‘ring). (ECE/TRANS/17/Amend.13, 1991 yil 1 avgustda kuchga kirgan) "Izometrik yuk bo‘linmasi" atamasi refrijerator yuk bo‘linmalarini qanday bo‘lsa, issiqlik izolyatsiyalangan yuk bo‘linmalarini ham xuddi shunday kiritilishini nazarda tutadi. 2.2.1 b) c) ii) tushuntirish xatiga sharh Agar matnda "pnevmatik yoki gidravlik instrumentlar yordamida ulangan" so‘zlaridan keyin "va mahkamlanadi" so‘zidan keyin "boltning boshchasini mahkamlovchilar" so‘zlari bilan almashtirilsa, ushbu paragraf ancha aniq talqin qilinadi. (TRANS/WP.30/AC.2/29, 25-band) d) Klapanlar, qulflash kranlari, lyuklarning qopqoqlari, flanslar va shunga o‘xshashlar kabi shunday yopuvchi qurilmaning katta miqdorli transport vositalar bojxona muhrlari va plombalarini soni iloji boricha cheklangan bo‘lishi uchun shunday konstruksiyaga ega bo‘lishi kerak. Ushbu maqsadda qo‘shni yopuvchi qurilmalar faqat bitta bojxona muhrini yoki plombasini quyilishini talab etuvchi umumiy moslama yordamida bog‘liq bo‘lishi kerak, yoki xuddi o‘sha talablarga javob beruvchi qopqoq bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. e) Ochiladigan qopqoqli transport vositalari shunday tarzda konstruksiyalangan bo‘lishi kerakki, ularni bojxona muhrlari va plombalarining minimal miqdori yordamida muhrlash mumkin bo‘lishi kerak. f) Bir bojxona plombasidan ortiq plombaning bostirilishi bojxona xavfsizligini ta’minlash uchun talab etiladigan holatlarda, bunday plombalarning miqdori transport vositasiga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomaning 5-ustunida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak (1975 yilgi XYT Konvensiyasiga 4-ilova). Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomaga bojxona plombalarining joylashuvining aniq sxemasi bilan yo‘l transport vositasining rasmi va fotosurati ilova qilinishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.23, 2003 yil 7 noyabrda kuchga kirgan) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling