Tir convention Uzbekistan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
2-modda Yuk bo‘linmalarning konstruksiyasi 1. Mazkur Qoidalarning 1-moddasi talablarini qoniqtirish uchun: a) yuk bo‘linmasining tarkibiy elementlari (devorlar, pol, eshiklar, tom, ustunlar, ramalar, ko‘ndalang elementlar va hokazolar) yo tashqaridan yechib olinishi va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan joyiga o‘rnatilishi mumkin bo‘lmagan moslamalar yordamida, yo ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan shunday konstruksiyani ta’minlovchi usul yordamida ulanishi kerak. Devorlar, eshiklar va tom turli xil elementlardan tayyorlangan vaqtda, ular xuddi o‘sha talablarga javob berishi va yetarlicha mustahkam bo‘lishi kerak; 2-moddaning 1 a)-bandiga tushuntirish xati 2.2.1. a) Tarkibiy elementlarni yig‘ish a) Mahkamlash detallari (mixparchinlar, shuruplar, boltlar, gaykalar va hokazolarni) qo‘llash holatida bunday detallarning yetarlicha soni tashqi tomondan o‘rnatilishi, mahkamlanuvchi elementlar orqali o‘tishi, ichkaridan bo‘rtib turishi va u yerda qattiq mahkamlanishi (masalan, mixparchinlar, payvandlar, vtulkalar, boltlar, gaykalarni klyopkalanishi yoki payvandlanishi yordamida) kerak. Biroq, oddiy mixparchinlar (ya’ni, yig‘iluvchi tugunning ikki tomonida o‘rnatilishi amalga oshiriluvchi mixparchinlar), shuningdek, ichki tomondan o‘rnatilishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’iy nazar yuk bo‘linmasining poli ichkaridan o‘rnatiluvchi va pol va pastki metall to‘sinlar orqali vertikal o‘tuvchi portlovchi modda zaryadi yordamida o‘rnatiluvchi o‘zi kesuvchi shuruplar yoki o‘zi burg‘alovchi mixparchinlar yoki siqilgan havo yordamida o‘rnatiluvchi shpilkalar yordamida, ularning ba’zi uchlari to‘sinlarning tashqi yuzasi bilan bir tekis bo‘lish sharti bilan (o‘zi kesuvchi shuruplar holati bundan mustasno), mahkamlanishi mumkin. (ECE/TRANS/17/Amend.3, 1981 yil 1 oktabrda kuchga kirdi) b) Vakolatli organ qaysi mahkamlash detallari va qanday miqdorda mazkur tushuntirish xatining a) bandi talablariga muvofiq bo‘lishi kerakligini belgilaydi; bunda u tarkibiy elementlarni yechib olish va ularni ko‘rinuvchi izlarni qoldirmasdan joyiga qayta o‘rnatish mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Boshqa mahkamlash detallarini tanlash va ularni joylashtirish hech qanday cheklovlarga uchramaydi. c) Ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan bir tomondan olib tashlanishi yoki almashtirilishi mumkin bo‘lgan mahkamlash detallarining qo‘llanilishi, ya’ni detallarning o‘rnatilishi yig‘iluvchi bo‘g‘imning faqat bir tomonidan amalga oshirilishi mazkur tushuntirish xatining a) bandi shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday detallarning misoli bo‘lib kengayuvchi mixparchinlar, yopiq mixparchinlar va hokazolar hisoblanadi. d) Yuqorida tavsiflangan yig‘ish usullari maxsus transport vositalariga, masalan, izotermik transport vositalarga, refrijerator transport vositalarga va avtosisternalarga, shunday transport vositalar o‘zlarining mo‘ljallanishiga muvofiq texnik talablarni qoniqtirishi kerak bo‘lgan texnik talablarga qaysi darajada zid kelishining shunday chorasida taalluqli bo‘ladi. Mazkur tushuntirish xatining a) bandida ta’riflangan usullar bilan tarkibiy elementlarni ulashning texnik sabablar bo‘yicha imkoniyati yo‘qligi shunday holatlarda, tarkibiy elementlar mazkur tushuntirish xatining s) bandida ta’riflangan detallar yordamida, devorning ichki tomonida qo‘llaniluvchi mahkamlash detallari tashqi tomondan erishimli bo‘lmasligi sharti bilan, ulanishi mumkin. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling