Tir convention Uzbekistan


 Bayonnoma yukning moʻljallanish joyidagi bojxonaga yetib borguniga qadar XYT kitobchasini ichida qolishi kerak.  17


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

16. Bayonnoma yukning moʻljallanish joyidagi bojxonaga yetib borguniga qadar XYT kitobchasini ichida qolishi kerak. 
17. Birlashmalarga XYT kitobchasini ichiga kiritilgan namunadan tashqari tashuvchilarga tashish yoʻnalishi oʻtuvchi mamlakatlarning tilida(larida) tuzilgan 
bayonnomaning bir nechta blanklarini taqdim etish tavsiya etiladi. 
Muqovaning 3-sahifasi 
[1-Ilova 
15-sahifa] 


Ilova 2 
BOJXONA MUHRLARI VA PLOMBALARI OSTIDA YUKLARNING 
XALQARO TASHILISHINI AMALGA OSHIRUVCHI YO‘L TRANSPORT 
VOSITALARIGA NISBATAN QO‘LLANILUVCHI TEXNIK 
SHAROITLARGA TAALLUQLI QOIDALAR 
1-modda 
Asosiy tamoyillar 
Bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarning xalqaro tashilishiga 
faqat yuk bo‘linmalari quyidagi ravishda konstruksiya qilingan va jihozlangan 
transport vositalarga ruxsat berilishi mumkin: 
a) 
yuklar transport vositasining muhrlangan qismidan olinmasligi yoki 
buzishlar yoki bojxona muhrlarini va plombalarini shikastlovchi 
ko‘rinuvchan izlarini qoldirmasdan u yerga ularni yuklanishi mumkin 
bo‘lmasligi uchun; 
b) 
bojxona muhrlari va plombalari oddiy va ishonchli usulda tushirilishi 
mumkin bo‘lishi uchun; 
s) ularda yuklarni yashirish uchun hech qanday yashirin joylar bo‘lmasligi uchun; 
d) 
yuklar joylashtiriluvchi barcha joylar bojxona tekshiruvi uchun oson 
bo‘lishi uchun. 
1-moddaga sharhlar 
Transport vositalarining silindr baklari 
Qo‘shimcha yonilg‘i baklari, agar ular yonilg‘i bilan to‘ldirish uchun 
qo‘llanilayotgan bo‘lsa, ular yuk bo‘linmalari sifatida qaralishi mumkin 
emas. Boshqa yuklarni tashish uchun qo‘llaniluvchi qo‘shimcha idishlar, 
shuningdek, ularga ruxsat etilganida va o‘rnatilganligida, bunday 
idishlar yonilg‘i baklari bo‘lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligiga 
qaramasdan, yuzaga keluvchi texnik qiyinchiliklar munosabatida yuk 
bo‘linmalari sifatida ko‘rilishi mumkin emas. 
(TRANS/GE.30/39, 51-54-bandlar) 
Yuk bo‘linmalaridagi belgilar 
Yuk bo‘linmalarini devorlaridan yoki brezentidan olib tashlanishi 
mumkin bo‘lmagan yozuvlar, trafaretlar, yorug‘lik qaytaruvchi 
materialdan chiziqlar va boshqa ularga o‘xshash belgilarga, agar ular
yaqqol farqlanuvchi bo‘lib qolishi kerak bo‘lgan devor yoki brezentning 
strukturasini yopmayotgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Yuk bo‘linmasidagi 
tirqishni yashirishi mumkin bo‘lgan yopishtirma yorliqlar va boshqa 
ularga o‘xshash belgilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
(TRANS/WP.30/151, 39-band; TRANS/GE.30/57, 45-band) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling