Tir convention Uzbekistan


b)  eshiklar va boshqa yopish tizimlari (jumladan qulflovchi kranlar


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

b) 
eshiklar va boshqa yopish tizimlari (jumladan qulflovchi kranlar
tuynuklarning qopqoqlari, flanslar va hokazolar) bojxona muhrlari 
va plombalari qo‘yilishi mumkin bo‘lgan moslamalarga ega bo‘lishi 
kerak. Ushbu moslama shunday bo‘lishi kerakki, uni tashqaridan 
yechib olish va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan o‘rniga qayta 
o‘rnatish mumkin bo‘lmasligi va eshiklar va qulflovchi qurilmalar 
bojxona muhrlarini va plombalarini buzmasdan ochilmasligi kerak. 
Oxirgilar muvofiq tarzda himoyalangan bo‘lishi kerak. Ochiluvchan 
qopqoqlarni qilishga ruxsat etiladi; 
2-moddaning 1 b)-bandiga tushuntirish xati 
2.2.1 b) Eshiklar va boshqa yopish tizimlari 
a) Bojxona muhrlari va plombalari qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
moslamalar quyidagicha bo‘lishi kerak: 
i) payvandlash yoki 2.2.1 a) tushuntirish xatining a)-bandi 
talablarini qoniqtiruvchi hech bo‘lmaganda ikki 
mahkamlovchi detallar yordamida mahkamlanishi kerak; 
yoki
ii) 
yuk bo‘linmasini yopish va muhrlashdan keyin 
ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan ushbu moslamani 
yechib olish mumkin bo‘lmaydigan ko‘rinishdagi 
konstruksiyaga ega bo‘lishi kerak. 
U, shuningdek, quyidagicha bo‘lishi kerak: 
iii) kamida 11 mm bo‘lgan diametrdagi tirqishga yoki 3 mm 
kenglikda kamida 11 mm uzunlikdagi teshikka ega 
bo‘lishi kerak; va 
iv) muhrlar yoki plombalarning qo‘llaniluvchi turiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda xavfsizlikning teng darajasini 
ta’minlashi kerak. 
b) 
Eshiklarni osish uchun oshiq-moshiqlar, osmalar, sharnirlar va 
boshqa detallar va hokazolar mazkur tushuntirish xatining a) 
bandini i) va ii) bandostilari talablariga muvofiq tarzda 
mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, bunday qurilmalarning 
turli xil tarkibiy qismlari (masalan, oshiq-moshiqlar, buraluvchi 


o‘qlar yoki sharnirlar), agar ular yuk bo‘linmasining bojxona 
xavfsizligini kafolatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, yuk 
bo‘linmasining yopilgan va muhrlanganida ularni yechib olish 
yoki ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan qismlarga bo‘lish mumkin 
bo‘lmaydigan shunday tarzda mahkamlanadi; (1 a) rasmni 
ko‘ring, 6-ilova). 
Biroq, bunday qurilmaga tashqari tomondan kirish yo‘q bo‘lgan 
holatda, oshiq-moshiqdan yopilgan va muhrlangan eshikni yoki 
ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan shunga o‘xshash qurilmani 
bo‘shatib bo‘lmasligini ta’minlash yetarli bo‘ladi. Agar eshik yoki 
qulflash tizimi ikkita oshiq-moshiqdan ortig‘iga ega bo‘lgan 
holatda, faqat eshikning chetlariga ikki yaqin oshiq-moshiqlar a)-
bandning i) va ii)-bandostilarida yuqorida keltirilgan talablar 
bilan 
muvofiqlikda 
mahkamlanishi 
kerak. 
(ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 
2.2.1 b) b) tushuntirish xatiga sharhlar 
Eshik yoki ikkitadan ortiq oshiq-moshiqqa ega bo‘lgan eshiklarni 
yopish tizimi 
Agar eshik yoki eshiklarni yopish tizimi ikkitadan ortiq oshiq-
moshiqlarga ega bo‘lgan holatda, vakolatli organlar Konvensiyaga 2-
ilovaning 1-moddasi talablariga rioya qilish maqsadida qo‘shimcha 
oshiq-moshiqlarni mahkamlanishini talab qilishi mumkin. 
(TRANS/WP.30/AC.2/35, 6-ilova; TRANS/WP.30/155, 45-band) 


Ikki tabaqali qisqa yon tomon oshiq-moshiqlari 
Quyida tasvirlangan qurilma 6-ilova 2.2.1 b) tushuntirish xatining b)- 
bandi va a) ii)-bandosti talablariga javob beradi. 
Rezbali tirqishli plita 
O‘zak 
(vintning olti qirrali 
boshchasisiz) 
Tirgak 
M 8 M 8 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling