Tishli uzatmalarda o’zaroalmashinuvchanlik, nazorat usullari va vositalari


Download 1.07 Mb.
bet6/6
Sana01.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1736936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza-15

Tish gardishining radial tepishi Fr - tishli g'ildirak profillariga shartli ustama yoki uning ishchi o‘qidan yakka tishning yoki botiqlikning dastlabki me'yor elementidan bo‘lish to‘g'ri chizig'igacha bo‘lgan masofalar ayirmasining tishli g'ildirak chegarasidagi eng katta qiymatidir.

  • Tish gardishining radial tepishi Fr - tishli g'ildirak profillariga shartli ustama yoki uning ishchi o‘qidan yakka tishning yoki botiqlikning dastlabki me'yor elementidan bo‘lish to‘g'ri chizig'igacha bo‘lgan masofalar ayirmasining tishli g'ildirak chegarasidagi eng katta qiymatidir.
  • Qadam xatoligi fpbr – tishli g‘ildirakni bitta nominal qadam burchagiga buruilishidagi xatoligidir

Tishli konusli uzatmalarning joizliklari

  • Tishli g'ildirak va uzatmalarning 12 ta aniqlik darajasi joriy qilingan, bunda 1, 2 va 3 aniqlik darajalari uchun joizliklar va chekka og'ishlar berilmagan. Har bir aniqlik darajasi uchun kinematik aniqlik, ish tekisligi va uzatma g'ildiraklari tishlari kontaktining me'yorlari joriy qilingan. Har xil aniqlik darajalarining ko‘rsatilgan me'yorlarini qarashga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tekislik me'yorlari ikki darajadan oshmagan ravishda kinematik aniqlikdan ortiqroq yoki bir daraja qo‘polroq bo‘lishi mumkin; tishlar kontaktining me'yorlarining tekislik me'yorlari darajasidan qo‘polroq darajalar bo‘yicha belgilash mumkin emas.

Chervyakli silindrik uzatmalarning joizliklari

  • Chervyakli silindrik uzatmalar uchun standart aniqlikning 12 ta darajasini joriy qilgan: 1, 2,..., 12 (aniqlik kamayib borish tartibda). Har bir aniqlik darajasiga ega bo‘lgan chervyak, uning g'ildiragi va uzatmasi uchun quyidagi me'yorlar joriy qilingan: kinematik aniqlik, ish tekisligi va tishlar hamda buramlar kontakti bo‘yicha. Silindrik tishli uzatmalar uchun joriy qilingan qoidalarga o‘xshash qoidalarga rioya qilib ko‘rsatilgan har xil aniqlik darajalari me'yorlarini qurash mumkin

Tishli g'ildirak va uzatmalarni o‘lchash hamda nazorat qilish usullari va vositalari

  • Tishli g'ildiraklarni qabul (yakuniy) nazoratida ularning uzatma vazifasiga bog'liq bo‘lgan parametrlarga mosligi tekshjriladi. Texnologik nazorat asboblari sex sharoitlarida buyumlarni nazorat qilish va tishga ishlov beruvchi asbob- uskunalarni rostlash uchun qo‘llanadi. Silindrik tishli g'ildiraklarni o‘lchovchi asboblarning turlari, asosiy parametrlari va aniqligining me'yorlari standart orqali chegaralangan. Nazorat qilinuvchi parmetrlarga cherviyak o‘rami profilining xatoliklari, uzatmadagi o‘rta tekislikning siljishi, uzatmadagi o‘qlararo masofaninf siljishi kiradi

Cherviyakli uzatmalarning xatoliklari: a – cherviyak o‘rami profilining xatoliklari; b – uzatmadagi o‘rta tekislikning siljishi; d – uzatmadagi o‘qlararo masofaning siljishi
Tishli g'ildiraklar majmuyi va differensiatsiyalashtirilgan parametrlarini nazorat qiluvchi asboblar
Tishli g'ildiraklar majmuyi va differensiatsiyalashtirilgan parametrlarini nazorat qiluvchi asboblar

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling