Titrimetrik analiz
Download 19.41 Kb.
|
Titrimetrik analiz
Arreniusning ta'rifi
Kislota va asos tushunchalarini farqlashning zamonaviy yondoshuvini shved kimyogari Svante Arrenius (1859-1927) boshlab bergan. Uning kislota tushunchasiga bergan ta'rifi juda oddiy va lo‘nda edi: agar biror modda suvda eritilganda vodorod ioni (ya'ni, proton - H+) ajralib chiqishiga sabab bo‘lsa, u - kislota bo‘ladi. Agar, basharti, modda suvda erish jarayonida gidroksid-ion (OH–) ajralib chiqishiga sabab bo‘lsa, u - asos bo‘ladi. Ushbu ta'rifga binoan, mohiyatan, kislotasining suvdagi eritmasi (H2SO4) bo‘lmish - akkumulyator kislotasi bu - kislota bo‘ladi. Chunki, oltingugurt atomlari eritmada vodorod ionlariga aylanadi. Shuning singari, natriy gidroksid (NaOH) - asos hisoblanadi; chunki u suvda gidroksid-ion ajratib chiqaradi. Ushbu ta'rif, kislota va asoslar nima sababdan bir-birini neytrallashini izohlab ham beradi. Gidroksid-ion vodorod ioni bilan to‘qnash kelganda, ular birikib, oddiy H2O molekulasi, ya'ni, suv hosil qiladi. o‘rni kelganda aytib o‘tish joizki, Svante Arrenius, kimyo ilmidan tashqari, o‘sha zamonlarda keng muhokama markazida bo‘lgan yana bir ilmiy bahs - Yerdan boshqa sayyoralarda hayot mavjudmi, yo‘qmi, Koinotdan bizdan boshqa ham ongli mavjudotlar bormi? - qabilidagi munozaralarda juda faol ishtirok etgan. U panspermiya nazariyasi tarafdori bo‘lgan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, hayot Koinotning qayeridadir bir marta vujudga kelishi yetarli bo‘ladi va keyinchalik, ushbu hayot nishonalarini Mikroorganizmlar tomonidan sayyoralardan-sayyoralarga kosmos orqali tashib yurish mumkin bo‘ladi deb qaraladi. Ya'ni, bu nazariya tarafdorlari, Koinotning turli joylarida hayot shakllari bir-biridan mustaqil shakllanishi shart emas, aynan bir ko‘rinishdagi hayot shaklini kosmos orqali Mikroorganizmlar turli jismlar vositasida, masalan, meteoritlar va kometalar yordamida tashib yurishi mumkin deb hisoblaydilar. Keyinchalik, ushbu nazariya o‘rniga yo‘naltirilgan panspermiya nazariyasi maydonga chiqqan. Unga ko‘ra esa, galaktikaning qayeridadir qandaydir yuksak taraqqiy etgan sivilizatsiya mavjud bo‘lib, u butun Koinot bo‘ylab o‘ziga tegishli hayot shakllaridan nishona saqlovchi vositalarni tarqatib yuradi va bunday hayot shakliga mos kelgan sayyoralarga o‘rnashib, uni ishg‘ol qilib boradi degan gipoteza ilgari suriladi. Lekin, ushbu nazariyalarning barchasi shunchaki gipoteza darajasidan nariga o‘tmagan bo‘lib, u hayot eng birinchi bo‘lib aynan qayerda va qanday vujudga kelgan? - degan savolga javob bera olmaydi.
Download 19.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling