Titrimetrik analiz


Download 19.41 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi19.41 Kb.
#266315
1   2   3   4
Bog'liq
Titrimetrik analiz

Bryonsted-Lauri ta'rifi

Aslida, Arreniusning ta'rifi yetarlicha darajada aniq va lo‘nda. Lekin, uning qo‘llanish sohasi biroz tor. Chunki, bu ta'rif bilan, faqat moddalarning suvdagi eritmalarini kislota yoki asos deb aniqlash uchun kifoya qiladi xolos. Masalan quyidagi reaksiya uchun Arreniusning ta'rifi kamlik qilib qoladi: agar siz, xlor kislotasi (HCl) bilan ammiak (NH3) quyilgan idishlarni yonma-yon qo‘yib, jarayonni kuzatsangiz, har ikkala suyuqlik sirtidan oq tutun ko‘rinishida bug‘ ko‘tarila boshlaydi. Bu ikkala moddaning bug‘lari yuqorida, havoda o‘zaro NH3+HCl→NH4Cl tarzida reaksiyaga kirishib, ya'ni, kislota va asos o‘zaro birikishi natijasida ammoniy xlorid hosil qiladi. Ko‘rib turganingizdek, ushbu reaksiyada suv ishtirok etmayapti va shu sababli ham bu o‘rinda, Arreniusning ta'rifi yetarli bo‘lmay qolmoqda.

Masalani o‘rganib chiqqan Daniyalik kimyogar Yoxannes Nikolaus Bryonsted (1879-1947) hamda, Britaniyalik kimyogar Tomas Martin Lauri (1847-1936) birgalikda, kislota va asos tushunchasiga yangicha ta'rif taklif etishgan edi. Ularning ta'rifiga ko‘ra, kislota bu - protonni (ya'ni, vodorod ioni H+ ni) bera oladigan ion yoki, molekuladir; asos esa, protonni qabul qila oladigan molekula yoki, ion bo‘ladi. Albatta, agar qaralayotgan reaksiya suvda yuz berayotgan bo‘lsa, Bryonsted-Lauri ta'rifi ham Arreniusning ta'rifi bilan bir xil bo‘lib chiqadi; biroq, ushbu ta'rif, yuqoridagi ammoniy xlorid hosil bo‘lishi singari, suv yo‘q bo‘lgan sharoitda kechadigan reaksiyalarga ham taalluqli bo‘laveradi.

 

Lyuis ta'rifi

Vanihoyat, kislota va asos tushunchasiga ta'rif berishda amalga oshirilgan oxirgi umumlashtiruv, moddani kislota yoki asos deb topish masalasida, Arrenius aytganidek, reaksiyada suv ishtirok etishi, yoki, Bryonsted va Lauri ta'kidlaganidek, protonlar hosil bo‘lishi singari shartlardan xalos qildi. Ushbu umumlashtiruvchi ta'rifni 1923-yilda AQSHlik kimyogar Gilbert Nyuton Lyuis (1875-1946) taklif etgan. Lyuis ta'rifiga ko‘ra, u yoki bu moddani kislota, yoki asos deb aniqlanishi, kimyoviy reaksiya jarayonida protonlarni olinayotgani, yoki, berilayotganiga qarab emas, balki, kislota va asoslar orasidagi kimyoviy reaksiyalarda kimyoviy bog‘lar qanday yo‘l bilan vujudga kelayotganiga qarab belgilanadi. Lyuis ta'rifiga ko‘ra, kislota bu elektron juftlikni qabul qila oladigan va natijada Kovalent bog‘ hosil qilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy birikmadir; asos esa, elektron juftlikni bera oladigan kimyoviy birika bo‘ladi.

Lyuis ta'rifini biz yuqorida bekorga umumlashtiruvchi ta'rif demadik. Chunki, bu ta'rif Arreniusning ham, Bryonsted-Lauri ta'rifini ham yagona va lo‘nda izoh ostida birlashtiradi. Ya'ni, umumlashtiradi. Shuningdek, Lyuis ta'rifini, jarayonda vodorod ishtirok etmaydigan reaksiyalar uchun ham hech bir cheklovsiz qo‘llash mumkin. Masalan, oltingugurt dioksidi kislorod ioni bilan reaksiyaga kirishganida, oltingugurt angidridi hosil bo‘ladi (kislotali yomg‘irlar vujudga kelishida ushbu birikma katta ahamiyatga ega bo‘ladi). Ushbu reaksiyada, kislorod ioni o‘zidagi ikkita elektronni beradi va natijada kovalent bog‘ hosil qiladi. Ya'ni, bu o‘rinda, kislorod ioni o‘zini xuddi asosdek tutadi. Oltingugurt dioksidi esa, ushbu elektronlarni qabul qiladi va u o‘zini xuddi kislotadek tutadi. Ushbu reaksiyada suv ham, proton ham ishtirok etmaydi va ko‘rib turganingizdek, uning uchun, Arreniusning ham, Bryonsted-Lauri ta'riflari ham kamlik qilgan bo‘lardi. Shu sababli ham, hozirda eng maqbul va keng qamrovli ta'rif bu Lyuis ta'rifi sanaladi.




Download 19.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling