Davomiylidi
|
45 daqiqa
|
Dars maqsadi
|
Ta’limiy:o’quvchilarni uskunalar panelidagi shakllardan foydalanib murakkab tasvirlar yaratish, ularda bo’yash, rasmni nusxalash, joylashtirish va akslantirish kabi amallarni bajarish ko’nikmalarini hosil qilish
|
Tarbiyaviy:dars davomida o’quvchilarda tirishqoqlik, estetik did, mohirlik va sabr-toqatlilik xislatlarini rivojlantirish hamda hamkorlikda ishlash orqali o’zaro hurmat, bir-birini tinglash ko’nikmasini hosil qilish.
|
Rivojlantiruvchi:kompyuter grafikasi bilan ishlash, rasm yoki chizma yaratishda kompyuter imkoniyatlari bilan tanishish va bu imkoniyatlardan foydalanib, grafik muharrirlarda ishlash ko’nikmasini shakllantirish
|
Dars jarayoninig mazmuni
|
O’quvchilarda Paint dasturi yordamida murakkab tasvirlar yaratish, bo’yash, rasmni nusxalash, joylashtirish va akslantirish kabi amallarni bajarish ko’nikmalarini hosil qilish
|
Dars jarayonini amalgam oshirish texnologiyasi
|
Uslub:ko’rgazmali, amaliy metodlar, ta’limiy o’yinlar, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, “Eng mohir naqqosh” tanlovi
|
Vosita: Elektron resurslar, Taqdimot, darslik,tarqatma materiallar
|
Nazorat: savol-javob, onlayn test, amaliy topshiriq, “Ha-yo’q”
|
Baholash:Rag’batlantirish, 5 ballik reyting asosida
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. O’quvchilar paint dasturi yordamida rasmlarni birlashtirish ,nusxalash, akslantirish, burish va murakkab tasvirlarni hosil qilish ko’nikmasiga ega bo’ladilar
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi bugungi darsi natijalarini tahlil qilgan holda keyingi darslarini bundanda qiziqarli va mazmunli o’tishi to’g’risida rejalashtiriladi. Kamchiliklarning sababini topib, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi.
|