Tizimini rivojlanishining kontseptual


Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari


Download 58.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi58.99 Kb.
#1755004
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU (1)

 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari 
 
O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997-yilning 29-
avgustida qabul qilingan bo‘lib u besh bo‘limdan tashkil topgan. Dasturning 
ikkinchi bo‘limida dasturning maqsad va vazifalari bilan birga ro‘yobga 
chiqarish bosqichlari ham ko‘rsatib berilgan. Dasturning maqsad va 
vazifalarini ketma- ket uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Birinchi bosqich 1997-2001 yillarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, 
unda mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saklab kolish 
asosida ushbu tizimni isloh va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, 
ilmiy–uslubiy, moliyaviy-moddiy shart sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan edi. 
Bu bosqichda Ta’lim Qonuni asosida ta’lim tizimi va mazmuni qayta qurildi, 


umumiy o‘rta va oliy ta’lim uchun DTSlar yaratildi, ta’lim jarayoni didaktik 
va axborot taminotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish 
boshlandi, o‘rta maxsus ta’lim uchin zarur moddiy texnika, o‘quv uslubiy va 
kadrlar bazasi tayyorlandi, ta’lim muassasalari faoliyatiga baxo berishning 
reting tizimi joriy etila boshladi. 
Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, 
unda Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish 
va real ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar 
kiritish nazarda tutildi. Bu bosqichda quyidagi vazifalarni ham amalga 
oshirish muhim deb belgilangan: 
Majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limiga, 
shuningdek o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, 
tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tishni to‘liq amalga oshirish: 
Ta’lim muassalarining maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar 
bilan tuldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga 
keltirish: 
Ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini 
mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv 
adabiyotlari va ilG‘or pedagogig texnologiyalar bilan taminlash, uzluksiz 
ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish. 
Bu bosqichda ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini shakllantirish 
mexanizmlarini to‘liq ishga solish lozim. Hozirgi kunda ikkinchi bosqichda 
belgilangan vazifalar imkoniyat darajasida bajarilib, hayotga tadbiq etib 
kelinmoqda. 
Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarni o‘z ichiga qamrab 
olgan bo‘lib unda tuplangan tarjimani tahlil etish va umumlashtirish asosida 
mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar 
tayyorlash tizimi takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.


Bunda ta’lim muassalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada 
mustahkamlanishi o‘quv tarbiya javrayonini yangi o‘quv uslubiy majmualar 
ilG‘or pedagogik texnologiyalar bilan bilan to‘liq ta’minlanishi, milliy (elita) 
oliy ta’lim muassalari qaror topishi ko‘zda tutilgan.

Download 58.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling