Tizimini rivojlanishining kontseptual


Download 58.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi58.99 Kb.
#1755004
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU (1)



1- 
MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM 
TIZIMINI RIVOJLANISHINING KONTSEPTUAL 
ASOSLARI 
Reja 
1. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari 
2. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari 
3. 
«Ta’lim to‘G‘risida»gi Qonunning tuzilishi. Unga ko‘ra 
O‘zbekiston ta’lim tizimi va turlari 
1997 yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
IX sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» qabul qilindi. Ulardan ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini 
isloh qilishga oid asosiy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib berildi.
Ma’lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh bo‘limdan iborat 
bo‘lib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning 
maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash 
tizimini rivojlantirishini asosiy yo‘nalishlari, dasturning ro‘yobga chiqarishga 
oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning 3-bo‘limida kadrlar 
tayyorlashning milliy modeli mohiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy 
modelining asosiy tarkibiy qismlari quydagilardan iborat ekanligi 
ko‘rsatilgan (1-chizma):
«SHaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi»!. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari 
Shaxs 
Davlat va 
jamiyat 
Uzluksiz 
ta’lim 
Fan 
Ishlab 
chiqarish 


ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy boG‘liq bo‘lgan uzluksiz 
ta’lim tizimi orqali har tamonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish 
nazarda tutadi. SHu tarzda fuqaroni eng asosiy konstutsiyaviy huquqlaridan 
biri bilim olish. Ijodiy qobiliyatni nomoyon etish, intelliktual jihatdan 
rivojlanish kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi. 
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat tomonidan 
ta’lim olish va kasb hunar tayorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta’lim 
jarayonida shaxs davat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi 
shart. Ta’lim xizmatlarini amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada 
malaka darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta’lim jarayonida yosh avlodga 
o‘rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm – fan, madaniyat va maishiy xizmat 
sohalarida faoliyat ko‘rsatish bilan shuG‘ullanadi.
Har bir odam faqat ta’lim, ijtimoiy tarbiya va ma’naviy kamolot, kasb 
hunar o‘rganish tizimi vositasigina SHaxs bo‘lib shakllanadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi – uning jamiyat uchun 
foydali funksiyalarini bajarish, o‘z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy 
anglab, boshqalar bilan teng, mustaqil munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o‘rni va roli, huquq va 
majburiyatlari konstutsiyaviy mustahkamlanib, Qonuniy himoyaga olingan 
va tegishli hujjatlardda batartib bayon etilgan.
«Davlat va jamiyat–ta’lim va kadrlar tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayorlash va ularni qabul 
qilib olishning kafillari bo‘lib, yuqori malakali raqobat bardosh mutaxassislar 
tayorlash bo‘yicha ta’lim muassalarining faoliyatini uyG‘unlashtiradi». 
Davlat va jamiyat quyidagilarni, chunonchi: 
- fuqarolarning ilm olish huquqini, ularni kasb tanlash malaka oshirish 
imkoniyatlarini;


- akamedik litsey yoki kasb – hunar kollejlarida o‘qib – o‘rganish yo‘nalishni 
tanlash huquqini berish majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb hunar 
ta’limoti olishni;
- davlat grantlarini bazasida yoki pullik bitim asosida oliy va undan yuqori 
darajalarda ta’limot olish huquqini;
- davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’limotini;
- o‘quvchilarning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta’mirlash 
masalalarini hal etish sharoitlarini ta’mirlash masalalarini hal etish yuzasidan 
jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirish;
- tal’im jarayoni hatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab – kuvatlashni; 
- ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari, ota onalarning bolalar tarbiyasi, 
hayotini himoya qilish uchun mas’uliyatlarini oshirish yuzasidan me’yoriy – 
huquqiy hujjatlarining amal qilish faolligini kafolatlaydi.
SHunday qilib, shaxs uchun sifatli kasb-hunar tayyorgarligi, ijtimoiy 
raG‘bat va himoya, favkulotda holatlarga yordam olish davlat tomonidan 
kafolatlanadi. 
«Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi 
bo‘lib, ta’limning barcha turlarini: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, 
o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi 
ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayorlash, maktabdan 
tashqari ta’limni, DTSni, kadrlar tayorlash tizim, tuzilmasi va uning faoliyat 
ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi». 
Uzluksiz ta’lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ehtiyojlarini 
qondirish, bilimlarning kadr – qimmati va mavqeini ko‘rsatish uchun keng 
imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek iqtisodiyotlarning o‘zgaruvchan 
ehtiyojlarni sharoitida umumta’limiy, umum manaviy, kasbiy va ilmiy 
asosida mutaxassisilar tayorlash yo‘li bilan fundamental bilimlar berib 
ijtimoiy himoya qilish ta’mirlashi kerak.


Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari quyida 
keltirilgan (2-chizma): 
Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari sifatida ta’lim tizimining 
kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, davlat va nodavtlat muassasalrini har 
xil turlarini rivojlantirish majburiy umumiy ta’limdan o‘rta maxsus, kasb 
hunar ta’limiga o‘tilishini ta’mirlash, ta’limni boshqarish tizimini 
takomillashtirish ta’lim jarayoni va kadrlar tayorlash sifatiga xolis baho 
berish tizimini yaratish, ta’lim va ilm fan bilan boG‘liq chet el hamda hamkar 
tashkilotlar bilan hamkorlik bilan kengaytirish kabilar belgilandi. (Uzluksiz 
ta’lim tizimi haqida to‘xtab o‘tiladi).
«Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayorlovchi va ulardan va ulardan 
foydalanuvchi, ilG‘or pedogogik va axbarot texnologiyalarini ishlab 
chiquvchi». Fan – ta’lim tizini tubdan yaxshilashda, ta’lim standartlari ta’lim 
dasturlari, o‘quv darsliklar va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik 
ta’minotni amalda oshirishda bevosita ishtirok etadi. Qolaversa, fan kadrlar 
tayyorlashda buyurtmachi sifatida ilmiy izlanishlarni bevosita o‘quv jarayoni 
bilan mutanosiblashtirishga erishadi. 
«Ishlab chiqarish»- kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning 
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi 
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish 
printsplari 
Ta’limning 
ustvorligi 
Ta’limning 
demokratlash
uvi 
Ta’limning 
insonparvarla
shuvi 
Ta’limning 
ijtimoiylashuvi 
Ta’limning milliy 
yo’naltirilganligi 
Ta’lim va tarbiyaning 
uzviy bog’liqligi 
Iqtidorli talabalarga 
shart-sharoitlar 
yaratish 


asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika 
jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Ishlab chiqarish kadrlar 
tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi funksiyalarini bajarib, kerakli 
yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi. 
Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy 
buyurtmani shakllantiradi, kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi, vazifasi va 
mazmunini aniqlaydi, malakaviy talablarni ilgari suradi, yangi texnologiyalar 
va o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish 
pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. 
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha 
uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini 
ta’minlaydi. Kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilG‘or tajribasini hisobga 
olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga 
dahldor bo‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. 

Download 58.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling