Tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 136.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana18.11.2023
Hajmi136.39 Kb.
#1784956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-mavzu Davlat investitsiya dasturi

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2023-yil 14-yanvar, 
16-son 
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-yanvardagi 16-son 
qaroriga 
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi 
to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini (keyingi o‘rinlarda — 
Investitsiya dasturi) shakllantirish va amalga oshirish tartibini hamda uning mazmuniga qo‘yiladigan 
talablarni belgilaydi. 
2. Investitsiya dasturi tarmoq va hududiy rivojlanish konsepsiyalari bazasida 
shakllantirilgan, uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan hamda mavjud tabiiy, mineral xomashyo, 
moliyaviy, moddiy, mehnat resurslari va boshqa resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida mamlakat 
iqtisodiyotini barqaror va jadal rivojlantirishga erishish, respublika iqtisodiyotining alohida 
tarmoqlarini tuzilmaviy o‘zgartirish bo‘yicha asosiy ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni amalga 
oshirishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘langan kompleks chora-tadbirlardan iborat. 
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
axborot tizimi — “investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring 
qilish”ning avtomatlashtirilgan axborot tizimi; 
biznes-reja — investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun maqsadli ko‘rsatkichlarga 
erishish yo‘llarini va muammolarini tahlil qilish asosida yechimlarni belgilash va foyda ko‘rishga 
qaratilgan tizimli faoliyat rejasi; 
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni 
amalga oshirishga yoki jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui; 
Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari — markazlashtirilmagan manbalar hamda 
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — 
XMI/XHMT), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari; 
investitsiyadan keyingi monitoring — investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan boshlab 
investitsiyadan keyingi davrda loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga 
erishishni kuzatish jarayoni; 
investitsiyadan keyingi bosqich — ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilgan 
paytdan boshlab obyektning besh yillik faoliyatiga qadar bo‘lgan davr; 
infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yo‘l-transport, suv xo‘jaligi 
va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish 
hamda kengaytirishga qaratilgan loyiha; 
loyiha — mahsulot (tovar, ish, xizmat)ni yaratishga yo‘naltirilgan alohida o‘zaro bog‘langan 
tadbirlar majmui. Loyihalar maqsadidan kelib chiqib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga 
bo‘linadi; 


loyiha tashabbuskorlari — Investitsiya dasturi doirasida investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
loyiha-smeta hujjati — hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolar, inshootlar 
va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi hamda mukammal ta’mirlanishi, shuningdek, 
obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilovchi loyiha hujjati; 
loyiha hujjatlari — loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda belgilangan 
loyihani amalga oshirishning yakuniy, eng oqilona va samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-
iqtisodiy yechimlarini belgilovchi ishchi loyiha; 
loyiha pasporti — Investitsiya dasturiga kiritish uchun taklif etiladigan loyihaning asosiy 
parametrlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oluvchi hujjat; 
markazlashtirilmagan manbalar — investorning shaxsiy mablag‘lari, O‘zbekiston 
Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan, chet el banklaridan olingan bank kreditlari, 
to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari
past quvvatda ishlayotgan korxona — Investitsiya dasturi doirasida (moliyalashtirish 
manbalaridan qat’i nazar) ishga tushirilgan va quyidagi mezonlarga mos keladigan korxona: 
mavjud quvvatlardan foydalanish belgilangan texnik-iqtisodiy parametrlarga nisbatan kam 
bo‘lgan (yarim quvvatda ishlayotgan) va mos davrga nisbatan kam soliq to‘lovlarini amalga oshirgan; 
uskunalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan past darajada foydalaniladigan (60 foiz); 
rivojlanish konsepsiyasi (strategiyasi) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadigan va uzoq muddatli istiqbolda sanoat tarmoqlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni o‘z ichiga 
oluvchi, aniq tarmoqlar va hududlarning kompleks, istiqbolli va ilmiy asoslangan rivojlanish rejasini 
o‘zida aks ettiruvchi hamda mavjud muammolar bosqichma-bosqich va tizimli hal etilishini 
ta’minlovchi hujjat; 
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob — loyihaning umuman eng ko‘p 
miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini ko‘rib chiqilgan moliyalashtirishning 
dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni o‘rganish asosida 
loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab 
beruvchi loyihaoldi hujjatlar; 
chetlanishlar — bu investitsiyadan keyingi monitoring jarayonida aniqlanadigan texnik-
iqtisodiy parametrlarning amaldagi natijalarining rejalashtirilgan natijalarga ko‘ra o‘zgarishlaridir. 
4. Quyidagilar Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi: 
respublikani 
rivojlantirishning 
asosiy 
makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlari 
bilan 
muvozanatlashtirish; 
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy 
asoslanishi, texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va biznes-rejalari) mavjud bo‘lishi; 
loyihalarning moliyaviy, mineral xomashyo, tabiiy, mehnat resurslari va boshqa resurslar 
bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash; 
har bir loyihani amalga oshirishda va ular doirasida ajratiladigan mablag‘larni 
o‘zlashtirishda kambag‘allikni qisqartirish va aholining turmush darajasini oshirish; 
aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq barcha dolzarb masalalarni hal etish 
uchun talab etiladigan mablag‘lar hajmini aniqlash va ushbu masalalarni Investitsiya dasturi doirasida 
qamrab olish; 
respublikada olib borilayotgan investitsiya siyosatida ko‘zda tutilgan mamlakat 
iqtisodiyotining real sektorining hududlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bilan 
integratsiyasi qilinishini ta’minlash; 
ishlab chiqarish quvvatlarini kompleks joylashtirishning asosiy tamoyillariga amal qilinishi, 
xususan, ishlab chiqarishni xomashyo manbalari, yoqilg‘i, infratuzilma, transport-kommunikatsiya 
va mehnat resurslariga yaqinlashtirish, birinchi navbatda resurslarning eng samarali turlarini 
o‘zlashtirish va ulardan kompleks foydalanish; 


loyihalarni tarmoqlar va hududlarning rivojlanish dasturlarida belgilangan muddatlarga 
muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirish; 
aholi turmush darajasining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy-
joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish; 
mineral xomashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, 
ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, tashqi bozorda 
raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish; 
to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu jumladan, chet el investitsiyalari va kreditlarini olib borilayotgan 
investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq o‘zaro manfaatli shartlarda jalb etish; 
investitsiya takliflarini tayyorlash va tashabbuskorlar tomonidan kiritiladigan loyihalarni, 
ularning iqtisodiy samaradorligi va istiqbolini hisobga olgan holda tanlashning ta’sirchan va shaffof 
mexanizmini joriy etish; 
loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarni, shu 
jumladan, chet ellik investorlarni jalb etish hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga yo‘naltiriladigan 
investitsiyalar hajmini oshirish; 
transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, transkontinental 
transport koridorlariga integratsiyalash, logistika majmualarini va transport-logistika “xab”larini 
tashkil etish; 
davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni xususiylashtirish 
doirasida yirik loyihalarni qamrab olish hamda bo‘sh turgan yakunlanmagan qurilishlarni belgilangan 
tartibda moliyalashtirish yo‘li bilan ularning hajmlarini kamaytirish. 
5. Investitsiya dasturining barcha hisob-kitoblari respublikaning uch yillik davrga 
mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish parametrlarining prognozlari hamda rivojlanish 
konsepsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha ravishda kuyidagi mezonlar hisobga 
olinadi: 
tarmoq (hudud)ning istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlari va eksport salohiyatining prognoz 
ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atlari; 
tarmoqning belgilangan makroiqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ta’sirining o‘zgarishi va 
eng ko‘p ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beruvchi investitsiya loyihalarini tanlash va amalga 
oshirish; 
o‘zlashtirilgan va jalb etiladigan investitsiyalarning samaradorligi, asosiy fondlarning holati 
va quvvatlardan foydalanish darajasi va loyihalarning ijtimoiy ahamiyati. 
6. Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan holda, har yili 
uning asosiy ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritish va yangilash orqali mazkur Nizomga 
1-ilovada
 
keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini uch yillik davrga shakllantirish va amalga 
oshirish sxemasiga muvofiq shakllantiriladi va amalga oshiriladi. 
Investitsiya dasturini shakllantirish jarayoni bir yillik davrga ega bo‘lib, har bir yil yakunida 
tayyorlash, muvofiqlashtirish va tuzatishlar kiritishni ta’minlaydigan jadval asosida amalga 
oshiriladi. 
7. Investitsiya dasturini amalga oshirishning birinchi yiliga loyiha hujjatlari va 
moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan, yangidan boshlanadigan loyihalar, shuningdek, oldingi 
dasturda belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda bir davrdan keyingisiga 
o‘tadigan loyihalar kiritiladi. 
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya dasturi amalga oshirilayotgan birinchi 
yilda belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishining tanqidiy tahlilini amalga oshiradi, shuningdek, 
mavjud moliyaviy va boshqa resurslar bilan o‘zaro bog‘langan tuzatishlarni kiritish va mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi. 
Investitsiya dasturini amalga oshirishning ikkinchi yiliga qiymatiga belgilangan tartibda 
aniqlik kiritilgan, tender yoki tanlov natijalari bo‘yicha belgilangan amalga oshirish muddatlarini 


hisobga olgan holda, birinchi yildan o‘tadigan loyihalar, shuningdek, loyiha hujjatlari birinchi yili 
tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangi boshlanayotgan loyihalar kiritiladi. 
Investitsiya dasturini amalga oshirishning uchinchi yiliga qiymatiga belgilangan tartibda 
aniqlik kiritilgan, tender yoki tanlov natijalari bo‘yicha belgilangan amalga oshirish muddatlarini 
hisobga olgan holda, yildan-yilga o‘tadigan loyihalar, shuningdek, loyiha hujjatlari ikkinchi yili 
tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangi boshlanayotgan loyihalar kiritiladi. 
8. Investitsiya dasturining loyihasi quyidagi tartibda shakllantiriladi: 
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot 
jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan 
investitsiya loyihalari bo‘yicha har yili 1-aprelga qadar Investitsiya dasturiga kiritish uchun 
loyihalarni shakllantirishga doir metodik tavsiyalarni ishlab chiqib, davlat boshqaruvi organlari, 
tashkilotlar va xo‘jalik birlashmalariga taqdim etadi; 
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 
Investitsiya dasturining barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan yig‘ma ko‘rsatkichlarni har yili 
1-avgustga qadar shakllantiradi; 
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari 
bilan birgalikda Investitsiya dasturi loyihasiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
uchun chet ellik investorlarni jalb etishda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ko‘maklashadi. 
9. Quyidagilar loyihalarni Investitsiya dasturining manzilli qismiga kiritishning majburiy 
shartlari hisoblanadi: 
XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda markazlashtirilmagan manbalar 
hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaoldi yoki loyiha 
hujjatlari yoki loyiha-smeta hujjatlari mavjudligi, to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu jumladan, chet el 
investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno; 
tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari va loyihaning umumiy qiymati 500 ming dollardan 
kam bo‘lmagan miqdorda; 
mazkur Nizomga 
2-ilovaga
muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan investitsiya loyihalari 
bo‘yicha loyiha pasporti; 
Investitsiya dasturiga kiritish uchun boshqa asoslar (O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlari). 
10. Quyidagilar Investitsiya dasturiga loyihalarni kiritish uchun tanlab olishning asosiy 
mezonlari hisoblanadi: 
loyihaning maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligi; 
kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlarini tashkil etish va aholining turmush darajasi sifatini 
oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy manfaatlar; 
loyihaning tasdiqlangan tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va 
dasturlarining kutilayotgan natijalari bilan o‘zaro bog‘liqligi; 
loyihalarning bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarida 
joylashtirilishi; 
ishlab chiqarish quvvatlarining jadal rivojlanishini, mineral xomashyo resurslari va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishini, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning 
ishlab chiqarilishini ta’minlash hamda eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi 
mahsulotlarni ishlab chiqarish; 
loyihaning energiya samaradorligi va uni amalga oshirish natijasida elektr energiyasining 
tejamkorligini ta’minlash. 

Download 136.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling