1-bosqich
Taqdim etilgan takliflarni umumlashtirish va
Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taklif
qilingan investitsiya loyihalarining dastlabki
ro‘yxatini shakllantirish.
Har yili 1-
avgustgacha
Investitsiyalar,
sanoat va savdo
vazirligi,
Iqtisodiyot va
moliya vazirligi
2-bosqich
Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun
Vazirlar Mahkamasiga investitsiya loyihalarining
dastlabki ro‘yxatini kiritish.
Har yili 10-
avgustgacha
Investitsiyalar,
sanoat va savdo
vazirligi
3-bosqich
Investitsiya dasturi loyihasiga kiritiladigan
investitsiya loyihalarining dastlabki ro‘yxatini
Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘linmalari bilan
kelishish.
Har yili 25-
avgustgacha
Vazirlar
Mahkamasi
4-bosqich
Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda o‘z
vaqtida ishlab chiqish va kelishishni ta’minlash,
shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi
vazirligining ekspertiza organlariga (ijtimoiy
obyektlar bo‘yicha) keyinchalik quyidagilarga
kiritish uchun taqdim etish:
XMI/XHMT va O‘zbekiston Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari,
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy
kafolatlanmagan kreditlar hamda boshqa
markazlashtirilmagan manbalar bo‘yicha
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga.
Har yili 25-
oktabrgacha
Vazirliklar va
idoralar,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Vazirlar
Kengashi,
viloyatlar va
Toshkent shahar
hokimliklari,
loyihalar
tashabbuskorlari
5-bosqich
Investitsiya dasturi loyihasini Vazirlar
Mahkamasiga kiritish.
Har yili 10-
noyabrgacha
Investitsiyalar,
sanoat va savdo
vazirligi,
Iqtisodiyot va
moliya vazirligi
6-bosqich
Investitsiya dasturi loyihasini O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Har yili 1-
dekabrgacha
Vazirlar
Mahkamasi
Do'stlaringiz bilan baham: