Tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish
-bob. Investitsiya dasturining tuzilmasi
Download 136.39 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu Davlat investitsiya dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Investitsiya dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish
4-bob. Investitsiya dasturining tuzilmasi
19. Investitsiya dasturi tuzilmasini quyidagilar tashkil etadi: birinchi moliyaviy yilga investitsiyalarning asosiy parametrlari, moliyalashtirish manbalari, tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha keyingi ikki yil uchun prognoz ko‘rsatkichlar; XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari, markazlashtirilmagan manbalari hisobidan birinchi yilda mablag‘lari o‘zlashtiriladigan loyihalarning manzilli qismi; ikkinchi yilda moliyalashtirishni boshlash va mablag‘larni o‘zlashtirish uchun birinchi yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan, muvofiqlashtiriladigan va tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati; ikkinchi va (yoki) uchinchi yili moliyalashtirishni boshlash va mablag‘larni o‘zlashtirish uchun dastlabki ikki yilda ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan istiqbolli tarmoq va hududiy investitsiya loyihalarining ro‘yxatlari. Bunda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning ikkinchi yildagi va keyingi yillardagi ko‘rsatkichlariga birinchi yili tugallanmagan loyihalarni hisobga olgan holda, tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, shu jumladan, boshlanmagan loyihalar o‘rniga yangi loyihalarni kiritish orqali har yili aniqlik kiritiladi; yig‘ma jadvallarga ega tahliliy qism, shu jumladan, Investitsiya dasturini amalga oshirish hisobidan erishilishi kerak bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar. 5-bob. Investitsiya dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish 20. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring va nazorat qilish “investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentiga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlanadigan kompleks tarmoq jadvali asosida amalga oshiriladi. Kompleks tarmoq jadvali reglamentda belgilangan tartibda axborot tizimi yordamida shakllantiriladi, muvofiqlashtiriladi va tasdiqlanadi. 21. Loyiha tashabbuskorlari har oyning beshinchi kunidan kechiktirmasdan, axborot tizimi orqali Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib boradi. 22. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga Investitsiya dasturini amalga oshirish ishlarining borishi haqidagi jamlanma tahliliy ma’lumotni taqdim etib boradi. 23. Loyiha tashabbuskorlari investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi. Download 136.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling