O’zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg’ona filiali
“tizimlar va signallarni qayta ishlash”
fanidan
LABORATORIYA ISHLARI
Farg’ona 2022
Topshirdi: Alijonov.
Qabul qildi: g.jo`raveya
Mavzu: Kombinatsion sxemalar.
Reja:
Kombinatsion sxema haqida ma’lumotlar.
Shifratorlar va deshifratorlar sxemalari.
Multipleksorlar va demultipleksorlar sxemalari.
Kombinatsion sxemalarni
Qattiq jismli elektronika sohasining raqamli mikrosxemalarni yaratish yo’lidagi erishgan yutuqlari fan va texnikaning ixtiyony murakkab- likdagi qurilmalarini yigish imkonini beradi. Buning uchun qunlma axborotlarni qabul qilish, saqlash, kerakli o’zgartirishlarm amalga oshirish va ma'lumotlarni uzatish kabi tugallangan jarayonlarni bajara olishi kerak. Bunday qurilmalar raqamli tizimlar deb ataladi va turli funksional bloklar va tugunlardan tashkil topadi. Ular esa o’z navbatida kichik integratsiya darajasidagi yoki KIS va O’KIS tarkibiga kiradigan alohida yasalgan negiz sxemalardan yig’iladi.
Funksional tugun deb, mikroamallarni bajarishni ta'minlaydigan mantiqiy elementlar majmuyiga aytiladi. Mikroamallarga arifmetik qo’shuv, konyunksiya, dizyunksiya, inversiya va boshqalar kiradi. Jamlagichlar, kod o’zgartirgichlar, siljituvchi registrlar va shu kabilar tugunlar hisoblanadi. Mazkur darslikning ushbu V va VI boblarida raqamli sxemalar funksional tugunlarining asosiy turlari haqida batafsil ma'lumot keltirilgan.
Bir qurilma tarkibiga kiruvchi va bir turdagi mikroamallarni baja- ruvchi funksional tugunlar ko’p hollarda funksional bloklarga bir- lashadi. Arifmetik-mantiqiy blok, xotira bloki, boshqaruv bloki va boshqalar fiinksional bloklarga misol bo’ladi.
Raqamli qurilmalar tugunlari va bloklari ikki sinfga bo’linadi: kombinatsion va ketma-ketli. Kombinatsion tugunlar va bloklar xotiraga ega emas, ketma-ketli tugunlar va bloklar esa xotira elementlariga ega.
Kombinatsion sxemalarda chiqishdagi signal mazkur vaqtda kirishga berilayotgan mantiqiy signallar kombinatsiyasiga aynan mos keladi. Funksional tugun va bloklar sodda mantiqiy^mallarni bajaradigan elektron sxemalarda tuziladi. Bu sxemalar negiz mantiqiy elementlar deb ataladi va ular IV bobda ko’rib tilgan edi. Raqamli sxemalarda turli mantiqiy funksiyalarni amalga oshirish uchun minimal element bazis (yoki baza) deb ataluvchi mantiqiy elementlar majmuasiga ega bo’lish yetarli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |