“tizimlar va signallarni qayta ishlash”


Nochiziqli elektr zanjirlari


Download 0.92 Mb.
bet2/4
Sana19.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1100383
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza

Nochiziqli elektr zanjirlari


Elektr zanjirining qarshiligi tok kuchiga va kuchlanishiga bog`liq bo`lgan zanjir nochiziqli zanjir deb ataladi. Nochiziqli zanjirlarga cho`g`lanma lampalar, elektron lampalar, ion va yarim o`tkazgichli asboblar misol bo`la oladi.
Buday zanjirlarning qarshiligi doimiy bo`lmagani uchun zanjirdagi tok kuchi uning qismlaridagi kuchlanishga proporsional bo`lmaydi. Nochiziqli zanjir uchun Om qonunini tadbiq etib bo`lmaydi.

Yarimo`tkazgichli diod


Termistorlarning sezgirligi xararoratning o`zgarishiga bog`liq. Ularning qarshiligi temperatura o`zgarishi bilan metall qarshiligiga nisbatan keskin ortadi. Ular o`lchov qurilmalarida muhitning haroratini, gazning oqish tezligini aniqlashda keng qo`llaniladi. Xaraktersitikaning boshlang`ich sohasida qarshilik chiziqli tarzda o`zgarib boradi. Xarakteristikaning egilish A nuqtasidan keyin tok ortishi bilan termistor qarshiligining kamayishi tasvirlangan.

Nochiziqli induktivlik


Toki va magnit oqimi nochiziqli bog`langan ferromagnitiv element nochiziqli induktiv g`altak yoki oddiy qilib nochiziqli induktivlik deb ataladi.

Nochiziqli zanjirlar


Nochiziqli element ishlatilgan nochiziqli zanjirlani xisoblashda grafik va analitik usullar ishlatiladi. Grafik usullar nochiziqli zanjirga elementar garmonik tebranishlar ta'sir qilgandagina ishlatiladi. Analitik usul esa, nochiziqli zanjirga murrakab signallar ta'sir etganda ishlatiladi. Analitik usullarning xisoblash aniqligi grafik usullarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Nochiziqli elementlarning o'rtacha volt-amper xarakteristikalari (VAX) tajriba yo‘li bilan olinib, odatda grafik yoki jadval shaklida keltiriladi.

Approksimatsiyalash


Tarkibida nochiziqli element bo‘lgan, nochiziqli zanjirni xisoblashda ishlatilgan nochiziqli elementning analitik ifodasi kerak. Afsuski ushbu nochiziqli elementlarning aniq analitik ifodalari mavjud emas, shuning uchun amaliyotda nochiziqli elementning real xarakteristikasi, analitik ifodasi ma'lum bo‘lgan, realligiga o‘xshash grafik bilan almashtirriladi. Ya'ni nochiziqli elementlarning xarakteristikalari approksimasiya qilinadi. Nochiziqli elementning grafik yoki jadval shaklida berilgan VAXni analitik (matematik) ifoda bilan almashtirish approksimatsiyalash deb ataladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling