Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi
Download 49.34 Kb.
|
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk
- Bu sahifa navigatsiya:
- vazifalari mavjud
TIZIMLI TAHLILNING UMUMIY TAMOYILLARI VA RIVOJLANISHI Reja:
1.O’quv kursining maqsadi va vazifalari. 2.Tizim yaratilishi, unda foydalanilgan g’oyalar, shakllangan ko’nikmalar va qaror qabul qilish. 3. Tizimli tafakkurning o’ziga xosligi Xulosa Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati KIRISH O’tgan asrning o’rtalarida ilmiy izlanish olamiga kirib kelgan va o’zining mohiyati bo’yicha eng samarali metodlardan hisoblangan tizimli tahlil hozirgi vaqtda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli xalq xo’jaligining barcha sohalarida muhim qarorlar qabul qilishda ishonchli manbalarni beruvchi hisoblanadi. SHuning uchun ham uning mazmun mohiyati va usullarini o’rganib o’z ilmiy ishlarida samarali foydalanish uchun magistratura talabalariga maxsus fan sifatida o’qitiladi. “Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari” fanining maqsadi: kadrlarni tayyorlashda tizimli tahlil asoslari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, tizim tahlilini amalga oshirishdagi muammolar va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, tahlil etish , baholash va qaror qabul qilish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish. Ushbu maqsaddan kelib chiqgan holda , “Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari” fanining quyidagi vazifalari mavjud: -tizimli tahlilning asosiy tushunchalarini bilish, tahlil metodologiyasi, uslub va tizimli yondashuvlarni o’rgatish; -talabalarning analitik tadqiqotlar asosida tizimli tahlilni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; -turli vaziyatlarda tizimli tahlil natijalariga asoslanib qaror qabul qilish usullarini amaliyotga tadbiq etish. Hozirgi vaqtda tizim nazariyasini o’rganishda har bir o’quvchi avval, o’z tarixida vujudga kelgan turli tushunchalar noaniqlik muammosiga duch keladi. CHunki, “tizimli yondashuv”, “tizim nazariyasi”, “tizimli analiz”, “tizimlilik tamoyili” “tizimli texnika” kabi tushunchalar ko’plab adabiyotlarda qo’llaniladi. Bu tushunchalarni bir biridan ajratish qiyin, aksariyat hollarda sinonim kabi talqin qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling