Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi


O’quv kursining maqsadi va vazifalari


Download 49.34 Kb.
bet2/12
Sana19.09.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1681368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk

1.O’quv kursining maqsadi va vazifalari.
Tizim yaratilishining barcha imkoniyatlari keng ma’noda “tizimlilik” deyiladi. Ushbu termin ikkita asosiy ma’noni anglatadi:

  1. Insonga bog’liq bo’lmagan aniqlilik xususiyati, tizimlilikning

ob’ektivlilik bilan mosligini tashkil qiladi;

  1. Insonlar tomonidan to’plangan xususiyatni o’zi haqidagi tushunchalarni anglatadi, ya’ni u o’zida gnoseologik hodisalarni, turli tabiatli tizimlar to’g’risidagi bilimlarni ifodalaydi.

Fan sohasidagi ko’p jihatli va kordinal yutuqlar, tizimli dunyoqarash va tizimli tahlilning keng qo’llanilishi asosida kelib chiqqan. Keyingi yillarda ilmiy texnikaviy inqilob texnik yangilanishlar yaratishda so’zsiz tizimli yondashuv bo’lib xizmat qildi va nihoyat, ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ham tizimlashtirildi.
Qat’iyat bilan shuni aytish mumkinki, XX asr faqatgina atomni kashf qilish yoki kompyuterni ixtirosi bo’lib qolmadi.Uning asosiy yutug’i bu tizim dunyoqarashini yaratilishi, ya’ni, bilim olishning tizimli metodi, so’ngra atom energiyasidan oqilona foydalanish, kompyuter va internetning yaratilishi, va ta’lim, texnika, ishlab chiqarish, siyosat va madaniyat sohalarida minglab yutuqlarga erishildi.
SHu yillarda tizimning umumiy va qisman nazariyasi ishlab chiqarila boshlandi. Keyinchalik, tizimli bilimlarning ajratilgan amaliy sohasi – sistemotexnika (tizimli texnika) tizimlar to’g’risidagi muhandislikka yo’naltirilgan bilimga aylandi.
Tizimli tahlil uslubiyatini yanada chuqurroq aniqlab olish uchun u foydalangan g’oyalarni ko’rib chiqamiz.
1- g’oya. Murakkab ob’ektni o’rganayotganda asosiy e’tiborni uning ichki qismlarining tuzilishiga emas, balki obektni boshqa tizimlardagi tashqi aloqalariga ajratish lozim, garchi oxirgisi istisno qilinmaydi. Misollar bilan aniqlaymiz.
Firmada biror bir muammo paydo bo’ldi, masalan, sotuv hajmining kamayib ketishi, daromadning pasayib ketishi va h.k. Muammoning oddiy echishni yo’li bu muammoni firmaning ichidan qidirishdan iborat: oldindan yozib qo’yilgan texnologik yozuvlar tartibining buzilishi, noto’g’ri boshqaruv va h.k. Ammo omadsizlik firmaning ichida bo’lmasligi ham mumkin. Tizimli yondashuv ushbu tizimning (firmaning) echimini ko’rib chiqarib beradi.
Bu holatda bozorni ko’rib chiqish haqiqatga yaqinroq hisoblanadi, ya’ni, iste’molchilar talabini ko’rib chiqishga kiritish, raqobatchi – firmalar va h.k., balkim, bu tizimning yangi kengaytirilishini talab qiladi, masalan, barcha iqtisodiy tizimlarni ko’rib chiqish, bu muvaffaqiyatsizlikning sababi moliyaviy holatlarning barqaror emasligi, mamlakatning noto’g’ri moliyaviy siyosati va h.k.lar bo’lishi mumkin.
Bu sharoitda firmaning ichidagi muvaffaqiyatsizlikning sababini izlash qoniqarli natija bermaydi yoki oxirigacha doimiy ravishda qayta ko’rib chiqish va yangilashga to’g’ri keladigan xususiy qaror qabul qilishga olib keladi.
2-g’oya. Murakkab ob’ektni o’rganilayotganda ustunlik undan
chiqariladigan strukturaning maqsadi va funksiyalariga beriladi, ya’ni tizimli tahlil – funksional yondashuvdir.
Bu g’oyani izohlaymiz. Hayotda ko’pincha teskari holat bilan to’qnashishga to’g’ri keladi, ya’ni ob’ektning strukturasi mavjud, u qandaydir funksiyaga ega, lekin shunga qaramay undan kelib chiqadigan natijani bashorat qilish qiyin.


Download 49.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling