Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi


Download 49.34 Kb.
bet7/12
Sana19.09.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1681368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk

Tayanch iboralar: Tizim, tizimli tahlil, tahlil metodologiyasi, tizimli yondashuv, inson, analitik tadqiqotlar, qaror qabul qilish, muammo, tashqi tizimlilik tamoyili.
1. Tizimli tahlil usuli va metodologiyasi.
Tizimning tahlili – tizim elementlari va uning tashkiliy tuzilishi ma’lum bo’lgan holda tizim amalga oshirayotgan funksiyalarni aniqlashdir.
Tizimli yondashish murakkab ob’ektlarni o’rganishning samarali tadqiqot yo’nalishi – tizimli tahlilga asosdir. Bu ilmiy yo’nalish – murakkab ob’ektlarni tadqiq qilish uslubiyati bo’lib, u ushbu ob’ektlarni maqsadga yo’naltirilgan tizimlar sifatida qarab va bu tizimlar xossalarini hamda ularning maqsadi va shu maqsadni amalga oshirish vositalari orasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganishga xizmat qiladi.
Tizimli tahlil bu birinchi navbatda atrofdagi dunyoni va uning muammolarini bir soniyali manfaatlar va intilishlarning tanlab olinadigan filtri orqali emas, ularga aloqasi bo’lgan barcha odamlar uchun echimlarning oqibatlaridan iborat bo’lgan va muammoni to’liqligicha va butun murakkabligicha ko’rishga imkon beradigan prizma orqali to’g’ri qabul qilish qobiliyatidan tashkil topgan fikrlashni to’g’ri tashkil etishdir.
Tizimli tahlil usullari:

  • maqsadlar daraxti;

  • aqliy hujum;

  • delfi usuli (Ekspert baholari usuli);

  • morfologik usul;

  • tizimli tahlilda eksperiment usuli.

Tizimli tahlil metodologiyasi. Tizimli tahlilni o’tkazish bo’yicha umumiy uslubiyat - ko’rsatmalar mavjud emas. Bunday uslubiyat tadqiqotchida tizim to’g’risida uni tadqiq qilishning o’z ichiga vujudga kelgan muammoni qo’yish va hal qilishni oladigan jarayonini shakllantirishga imkon beruvchi etarli ma’lumotlar mavjud bo’lmagan sharoitlarda ishlab chiqiladi va qo’llaniladi.
Umuman olganda tizimli tahlil uslubiyatini ishlab chiqishda boshqaruv nazariyasida qabul qilingan har qanday ilmiy tadqiqotni yoki tadqiqotlar va ishlanmalari bosqichini asos sifatida olish mumkin. Ammo tizimli tahlildagi har qanday uslubiyatning o’ziga xos xususiyati u tizim tushunchasiga tayanishi va tizimlarni barpo etish, amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlaridan foydalanishi lozim ekanligidir. Bu erda tizimli tahlil uslubiyatlarini amalda qo’llashda quyidagilar: ko’pincha u yoki bu bosqich bajarilganidan so’ng oldingi yoki undan oldinroqdagi bosqichlarga qaytish va ba’zida esa tizimli tahlil tartibotini to’la takrorlash zarurati vujudga kelishi ko’rib chiqilishini ta’kidlash zarur. Uslubiyatni ishlab chiqishda o’z o’zini boshqarish, o’z-o’zini tashkil etish qonuniyatlarining bunday namoyon bo’lishini qanday holatlarda oldingi bosqichlarga qaytish zarurati borligini belgilovchi qoidalarni kiritishni hisobga olish mumkin.
Tizim amal qilish qonunini belgilash, tizim tuzilmasi ko’rinishlarini (amal qilishning berilgan qonunini joriy etuvchi bir necha muqobil algoritmlarni) shakllantirish va parchalarga ajratish, tadqiq qilinayotgan tizimni tahlildan o’tkazish va tizimni birlashtirish hamda amaliyot muammosini bartaraf etish vazifalarini hal qilish yo’li bilan amalga oshiriladigan eng yaxshi variantni tanlash tizimli tahlilning barcha usullari uchun umumiy ishlar hisoblanadi. Tizimli tahlil tamoyillariga rioya qilish muayyan sharoitlarda tizimlarni tahlil qilish va umumlashtirish uslubiyatini yaratish asosidir.

Download 49.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling