Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi
Tizimning yaratilishi, unda foydalanilgan g’oyalar, shakllangan
Download 49.34 Kb.
|
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk
2.Tizimning yaratilishi, unda foydalanilgan g’oyalar, shakllangan
ko’nikmalar va qaror qabul qilish. Vazifasi oldindan ma’lum bo’lgan texnik tizimlar haqida gap borganda bunday yondashuv jiddiy xatolikka olib kelmaydi. Inson yoki jamiyatdek murakkab tizimlar bilan ish olib borilganda an’anaviy yondashuv katta xatoliklarga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, bunday tizimlarning vazifasi oldindan ma’lum emas va bunday noaniqliklar ularni boshqarishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Tizimli tahlil boshqacha yondashuvni taklif qiladi, ya’ni bunda maqsad (funksiya) mavjud, unga erishish uchun esa qanday struktura kerakligini aniqlash funksional yondashuv orqali amalga oshiriladi. Bunday yondashuv funksiyalar qaytarilishi va ularning takrorlanishini istisno etib, optimal echimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. 3-g’oya. Tizimlar bilan bog’liq bo’lgan muammoni echishda zarur va bo’lishi mumkin bo’lgan, istalgan (kutilgan) va erisha oladigan, samaradorlik va samaradorlik uchun kerakli bo’lgan resurslarni solishtirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, doimo talab qilinayotgan natijani olish uchun qanday “narx” to’lash kerakligini nazarda tutish kerak. CHunki, biz turli maqsadlarni qo’yamiz va bundan ko’p narsani kutamiz, lekin mavjud resurslarni, ya’ni fizik, intellektual, moddiy, energetik, moliyaviy, axborot, vaqt va boshqalarni oldindan baholay olmasak, u holda biz xohish va maqsadlarimizni amalga oshira olmaymiz. Buni esdan chiqarish esa bajarib bo’lmaydigan loyihalarga qaysiki aniq natijani bermaydigan o’zoq muddatli ko’p sonli dasturlarga olib keladi (bu hayotda eng ko’p uchraydi), xayoliy loyihalarga olib keluvchi asoratlar haqida gapirmasa ham bo’ladi. 4-g’oya. Tizimlarda qaror qabul qilishda ko’rib chiqilayotgan barcha tizimlar uchun echimning natijalarini hisobga olish kerak, Amaliyotda quydagicha bo’lishi kuzatiladi: har qanday darajada qaror qabul qilishdan osoni yo’qday bo’ladi. Bunda quyidagicha fikr kiritiladi: agar menga qiziq bo’lmasa, boshqalarning qiziqishlarini nima uchun bilishim kerak? Biroq hisobga olinmagan tizimlar qiziqishlarning bunday qarorlarini amalga oshirishda ushbu qarorlarga qarshilik ko’rsatish boshlanadi va oqibatda bajarilmaydi, qaror qabul qilgan uchun natija salbiy bo’ladi. Tizimli yondashuv turli qiziqishlarni hisobga olish va qarorni ishlab chiqishga boshqa tizimlarni jalb qilish nazarda tutiladi. Jalb qilish natijasida katta tizim uchun eng yaxshi qarorni va tashkil qiluvchi tizimlar uchun eng yaxshi mumkin bo’lgan qarorni olish mumkin bo’ladi. Bunday yondashuvning unumdorligini quyidagi fakt tasdiqlashi mumkin: tizimli yondashuv boshqa rivojlangan mamlakatlarda bo’lgani kabi keng tarqalgan YAponiyada qaror qabul qilishda 90% vaqt taaluqli bo’lganlarning barchasi bilan kelishishiga va 10% uni amalga oshirishga sarflanadi. Tizimlarni loyihalash bilan yuzaga keladigan vazifalar orasida tuzilmali va funksional jihatlarini birlashtirish muammolari muhim hisoblanadi. Murakkab masalalardan biri ierarxik tashkil etishni loyihalash muammolariga kiradi. Har qanday ko’p yoki kam murakkab tizimlari ierarxik prinsipi bo’yicha tashkil qilingan. Bu axborotni markazlashgan tarzda qayta ishlash bilan bog’liq bo’ladi va qarorlarni qabul qilish axborotning hajmi ko’pligi, kechikishi va buzilishlar sababli ko’p hollarda mumkin emas. Murakkab tizimlarni ierarxik tashkil etishning afzalliklarini ko’rsatish uchun quyidagi misolni keltirish mumkin: ikki usto ming detaldan har biri o’z usuli bo’yicha konstruksiyani yig’adi. Tizimli usul aniq va uslubiy vazifalarni, tizimli nazariya esa-tushuntiruvchi va tizimlashtiruvchi vazifalarni tadbiq qiladi. SHu tariqa, tizimlilik aniq faoliyat instrumenti sifatida, hamma borliqning bilish usullari konkret qurollari sifatida talqin qilinadi. Tizimli nazariya tizimlar haqidagi bilim sifatida ularni to’playdi, tartibga soladi turli tabiatli tizimlarni tushuntirishda foydalaniladi. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling