Tizimli tahlil


Download 93.79 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi93.79 Kb.
#1171227
Bog'liq
Tizimli tahlil

Tizimli tahlil

1-maruza: Tizimli tahlil

Tizimli tahlil asoslarining tugʻilish davri koʻpincha fizik yoki falsafiy (gnoseologik) kelib chiqishga ega tizimlarni koʻrib chiqish bilan xarakterlanadi.

  • Tizimli tahlil asoslarining tugʻilish davri koʻpincha fizik yoki falsafiy (gnoseologik) kelib chiqishga ega tizimlarni koʻrib chiqish bilan xarakterlanadi.
  • ―Tizim‖ (organizm, tuzilish, ittifoq, butunlik, qismlardan tuzilgan) soʻzi 2000 yillar ilgari Qadimiy Gretsiyada paydo boʻlgan.
  • Ta’rif. Tizim - muayyan munosabatlar bilan bogʻlangan va tizimning ancha murakkab funksiyalarni bajarishini ta’minlaydigan tarzda oʻzaro aloqada boʻlgan obyektlarning (elementlarning) ajralmas toʻplamidir (aniq maqsadga erishish uchun).

Tizim elementi - qismlarga ajratib boʻlmaydigan tizim obyektidir.

  • Tizim elementi - qismlarga ajratib boʻlmaydigan tizim obyektidir.
  • Har qanday tizimning muhim tarkibiy qismlari uning tarkibiy elementlari va ular orasidagi bogʻlanishlardir.
  • Tizimni elementlarga (kichik tizimlarga) ajratish jarayoni va element tushunchalarining oʻzi shartli va nisbiydir, chunki tizimning har qanday elementi oʻz navbatida boshqa toʻplamning elementi sifatida qaralishi mumkin. Masalan, elektron ham atom kabi tuganmasdir.
  • Tizimning birinchi boʻlinishi (dekompozitsiya) natijasida birinchi darajadagi quyi tizimlar (bloklar) shakllanadi, ikkinchi boʻlinish jarayonida birinchi darajadagi quyi tizimlar ikkinchi darajali quyi tizimlarga ajraladi va h.k.

Oʻrganilayotgan tizimni turli darajadagi quyi tizimlar daraxti sifatida namoyish etilishi mumkin.

Tarkib jihatdan tizimlarning quyidagi turlari mavjud:

  • oddiy – ishlashi (ma'lum bir vazifa doirasida), kichikroq quyi tizimlarga boʻlinmasdan, bir butun sifatida oʻrganilishi mumkin boʻlgan tizimlardir;
  • katta – oddiy quyi tizimlarga ajratmasdan tekshirish qiyin boʻlgan tizimlar. murakkab – shunday tizimlarki, ularning tarkibiy qismlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularning ishlash jarayonlarini alohida koʻrib chiqish mumkin emas yoki notoʻgʻri xulosalarga olib keladi;
  • murakkab – shunday tizimlarki, ularning tarkibiy qismlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularning ishlash jarayonlarini alohida koʻrib chiqish mumkin emas yoki notoʻgʻri xulosalarga olib keladi.

Tizimli tahlil – har xil tabiatga va tavsifga ega boʻlgan hodisalar va jarayonlarni, fanlararo muammolarni oʻrganish va bayon etish uchun kerak boʻladigan tushunchalar, jarayonlar va texnologiyalar toʻplamidir. Bu toʻplam shunday tizimlarni tadqiq qilishning usullari, metodlari, umumiy qonunlarini oʻz ichiga oladi. Bu, nazariya va amaliyotning murakkab, koʻpincha toʻlaaniq boʻlmagan, muammolarini oʻrganish metodologiyasidir.

  • Tizimli tahlil – har xil tabiatga va tavsifga ega boʻlgan hodisalar va jarayonlarni, fanlararo muammolarni oʻrganish va bayon etish uchun kerak boʻladigan tushunchalar, jarayonlar va texnologiyalar toʻplamidir. Bu toʻplam shunday tizimlarni tadqiq qilishning usullari, metodlari, umumiy qonunlarini oʻz ichiga oladi. Bu, nazariya va amaliyotning murakkab, koʻpincha toʻlaaniq boʻlmagan, muammolarini oʻrganish metodologiyasidir.
  • Fanning predmet sohasiga tizimli jarayonlarning predmetli aspektlarini va predmetli jarayonlar va hodisalarning tizimli jihatlarini oʻrganuvchi fan boʻlimi kiradi. Bu ta‘rifni predmet sohasining tizimli ta‘rifi deb hisoblash mumkin.

Ilmiy bilim sifatida tizimli tahlilning zaruriy atributlari (tashkil etuvchilari) deb quyidagilarn hisolash mumkin:

  • Ilmiy bilim sifatida tizimli tahlilning zaruriy atributlari (tashkil etuvchilari) deb quyidagilarn hisolash mumkin:
  • - predmet sohasining mavjudligi – tizimlar va tizim protseduralari;

    - tizimning umumiy xossalari va atributlarini aniqlash, tizimga solish, bayon etish;

    - bu tizimlarda qonuniyatlar va invariantlarni aniqlash va bayon etish;

    - tizimlarni, ularning tabiatini va atrof-muhit bilan aloqasini oʻrganish uchun qonuniyatlarni faollashtirish;

    - tizimlar haqidagi bilimlarni jamlash, saqlash va faollashtirish (kommunikativ funksiya).


Download 93.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling